Karellar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Karellar (uzlarini karyala deb ataydilar) — xalq. Rossiya Federatsiyasining Kareliya Respublikasida yashaydilar. Umumiy soni 131 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Karel tilida soʻzlashadilar. Dindorlari — pravoslavlar. Karellar ajdodlari mil. boshlarida Ladoga koʻli buylarida yashaganlar. 12—15-asrlarda qad. karel va ves kabilalari asosida karel elati, 18-asrda esa, karel xalqi shakllangan. Karellar dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik, baliqchilik, oʻrmonchilik (yogʻoch tayyorlash) bilan shugʻullanadilar.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |