Karibu

qoyali togʻlaridagi togʻ massivi

KaribuKanada qoyali togʻlaridagi togʻ massivi (Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasi). Uzunligi 300 km, oʻrtacha bal. 3000 m. Eng bal. joyi — 3581 m (Ser-Uilfrid-Lorye togʻi). Tokembriy kristall jinslaridan, qisman miotsen bazalt va andezitlaridan tuzilgan. Muzlik vodiylari (trog) bilan kuchli parchalangan. Muzliklar bor. Yon bagʻirlari siyrak igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan, 2000 m dan yuqori qismi alp oʻtloqlaridan iborat. Jan. qismida Uels-Grey parki tashkil etilgan. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil