Karim Abdullayev
Karim Abdullayev (1905-yilda tugʻilgan — 1938-yil 4-oktyabrda vafot etgan) — Buxoro qishloq xo‘jalik texnikumi direktori, xalq maorifi komissarligida tashkiliy qism mudiri, Farg‘ona okrug xalq maorifi mudiri, Marg‘ilon tumani madaniy-targ‘ibot bo‘lim boshlig‘i, shahar partiya komiteti ijroiya byurosi aʼzosi, „Marg‘ilon haqiqati“ gazetasining muharriri. Sobiq Samarqand davlat pedagogika akademiyasida direktor, Oʻzbekiston davlat universitetiga aylangach, ushbu muassasada rektor. O‘zSSR Sog‘liqni Saqlash xalq komissari.
Karim Abdullayev | |
---|---|
Tavalludi |
1905-yil |
Vafoti |
4-oktyabr 1938-yil Sirdaryo viloyati |
Fuqaroligi | SSSR |
Faoliyat yillari | 1926—1937-yillar |
Hayoti va taʼlimi
tahrirKarim Abdullayev 1905-yilda Sirdaryo viloyati Qarnoq qishlogʻida tavallud topgan. 1937-yil 5-iyunida hibsga olinadi. SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi 1938-yil 4-oktyabrda otishga hukm etiladi[1]. 1919-1921-yili sovet qishloq maktabida o‘qigan. 1921-yildan 1926-yilgacha Toshkent Maorif institutida tahsil olgan. Oʻzbek, qirgʻiz, rus tillarini bilgan[2].
Faoliyati
tahrir1926-yili Zarafshon viloyati maorif bo‘limiga ishga yuboriladi. 1926-yil iyundan 1927-yil yanvargacha Buxoro qishloq xo‘jalik texnikumiga direktorlik qiladi. To 1929-yilgacha shu idora apparatida mehnat qiladi, 1929-yildan xalq maorifi komissarligida tashkiliy qism mudiri bo‘lib, o‘sha yili 1-noyabridan Farg‘ona okrug xalq maorifi mudiri bo‘lib xizmat qiladi. 1937-yildan partiya aʼzosi boʻlgan. Okruglar tugatilgach, O‘z Kompartiya Markaziy Komiteti qarori bilan Marg‘ilon tumaniga yuboriladi. Keyinchalik shahar partiya komiteti ijroiya byurosi aʼzosi, madaniy-targ‘ibot bo‘lim boshlig‘i sifatida ishlay boshlaydi. „Marg‘ilon haqiqati“ gazetasining muharriri bo‘lib 1932-yil dekabr oyiga qadar faoliyat olib boradi[3].
Markaziy Komitet qarori bilan Samarqand davlat pedagogika akademiyasiga direktor, bu ilmiy muassasa O‘zbekiston davlat universitetiga aylantirilgach, uning rektori lavozimiga tayinlanadi. 1935-yili O‘zSSR Markaziy Ijroiya Komiteti aʼzosi bo‘lib saylanadi. 1935-yil 22-oktyabrda O‘zSSR Sog‘liqni Saqlash xalq komissari etib saylanadi, 1937-yil 5-iyunida ishdan bo‘shatiladi, partiyadan o‘chiriladi, hibsga olinadi[3].
Adabiyotlar
tahrir- Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432-bet. ISBN 978-9943-00-481-8.
Manbalar
tahrir- ↑ Sirojiddin, Ahmad. Qizil mustamlaka: Katta qirg'in qomusi. Info Capital Books, 2022-yil — 640-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.
- ↑ O‘zR PDA. 58-fond, 65-ro‘yxat, 56-ish — 53–62-bet.
- ↑ 3,0 3,1 Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432-bet. ISBN 978-9943-00-481-8.