Karimov Gʻulom (1918.10.11, Toshkent viloyati, Yonariq qishlogʻi – 2014, Qibray) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1943-yildan 132-gvardiyachi oʻqchi polki (2-Ukraina fronti 40-armiyaning 42-gvardiyachi oʻqchi divizioni) pulemyotchilar vzvodi komandiri, Karimov 1944-yil avgustda Ruminiyaning Pashkani shahridan janubi-gʻarbdagi Soch rayonida vzvodi bilan dushmanga qarshi jangda jasorat koʻrsatib bir qancha dot va dzotlarni yakson qilgan. 1945-yil 24 martda Qahramon unvoni berilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil