Kenes Karimov
Kenes Aytmuratovich Karimov (1948-yil 27-avgust, Chimboy tumani) — jurnalist, shoir, yozuvchi va davlat arbobi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati. „Qoraqalpog‘iston xalq shoiri“, „Qoraqalpogʻiston Respublikasiga mehnati singan jurnalist“, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi“ faxriy unvonlari, “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan. Hozirda Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Kenes Karimov | |
---|---|
Kenes Aytmuratovich Karimov | |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati | |
Mansab davri 2020-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
27-avgust 1948-yil Chimboy tumani, Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi |
Kasbi | qoraqalpoq tili va adabiyoti oʻqituvchisi |
Maʼlumoti | Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti |
Hayoti
tahrirU 1948-yil 27-avgustda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanida tugʻilgan. 1975-yilda Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini (hozirgi Nukus davlat pedagogika instituti) tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi qoraqalpoq tili va adabiyoti oʻqituvchisi.
Mehnat faoliyatini 1967-yilda „Erkin Qaraqalpaqstan“ gazetasida boshlagan. Yillar davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi turli gazeta va teleradiokanallarda faoliyat yuritgan. Soʻng „Erkin Qaraqalpaqstan“ va „Vesti Karakalpakiya“ gezetalarining bosh muharrri lavozimida ishlagan. 1983-yildan Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi boʻlgan.
2020-yildan buyon Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati. 2011-yildan Qoraqalpogʻiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi raisi[1].
Kenes Karimov Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2022-yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni oʻrganish boʻyicha Mustaqil komissiya aʼzosi.
Ijodi
tahrirKenes Karimovning dastlabki sheʼrlari 60-yillarning oʻrtalaridan boshlab chop etila boshlagan.
She’riy to‘plamlari:
„Oraliqlar“ (1980)
„Vaqt minorasi“ (1982)
„Unutilgan yarim oy“ (1984)
„Oroldan keldim“ (1985)
„Mening derazalarim“ (1985)
„Ko‘nglim mulki“ (2005) nomli
„Ustyurt dostoni“ she’riy manzumasi
Nasriy kitoblari:
„Og‘abiy“ to‘rt romandan iborat roman-tetrologiyasi[2]
“Ulug‘ dasht bo‘rilari”
“Oqqapchiq”
“Xusumat”
“Zardusht”[3]
“Darvesh”
Kenes Karimovning bolalar uchun yozilgan „Oltin tanga“, „Ariq mergan“ pyesalari yosh tomoshabinlar teatr saxnasiga qoʻyildi.
U A. S. Pushkinning, A. Blok va Saadiyning asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan.
Mukofotlari
tahrirKenes Karimov 2004-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, 2013-yil Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri, 2015-yil „El-yurt hurmati“ ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi“.
- ↑ „Kengesbay Karimov. Og‘abiy & Anvar Allamberganov. Roman haqida“ (2017-yil 7-oktyabr). 2023-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.
- ↑ „Кенгесбой КАРИМОВ. ЗАРДУШТ“. 2023-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.