Nukus pedagogika instituti
Nukus davlat pedagogika instituti yoki Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti — pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1943-yil Qoraqalpogʻiston davlat oʻqituvchilar instituti (1934) negizida Qoraqalpogʻiston pedagogika instituti nomi bilan tashkil etilgan. Dastlab Toʻrtkoʻl va Chimboyda boʻlgan. 1945-yildan Nukus shahrida. 1976-yil institut Qoraqalpogʻiston universitetiga aylantirilganligi munosabati bilan u tugatildi. 1990-yil hozirgi nomi bilan kayta tashkil etildi. 1993-yildan Qoraqalpoq shoiri Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli nomi bilan atalgan.
Nukus Davlat Pedagogika instituti (NDPI) | |
---|---|
![]() | |
Xalqaro nomi | Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz |
Shiori | Inson – dunyoning koʻrki |
Asos solingan | 1934 |
Oʻquv yurti turi | institut |
Yoʻnalish | davlat |
Sohasi | pedagogika |
Rektori | Otemuratov Bayram Perdebaevich |
Talabalari | 10248 |
Fakultetlar | 9 |
Bakalavriat | mavjud |
Magistratura | mavjud |
Doktorantura | mavjud |
Fan doktorlari | 28 ta |
Kampusi | 4 |
Manzili | Nukus, Nukus, P.Seyitov ko'chasi Oʻzbekiston |
Vebsayti | ndpi.uz |
Koordinatalari: 42°28′18.139855696448″N 59°35′15.992155167541″E / 42.47170551547123551°N 59.58777559865765028°E G O
Asosiy ma'lumotlarTahrirlash
Institutda 11 fakultet kunduzgi (qoraqalpoq tili va adabiyoti; kimiyo-biologiya; filologiya; xorijiy tillar; Mexnat-tasviriy sanʼat va chizmachilik; tarix; mat-fizika; boshlangʻich taʼlim metodikasi;maktabgacha tarbiya; jismoniy tarbiya), sirtqi, maxsus sirtqi va magistratura boʻlimlari, 29 kafedra, 38 kabinet, 13 laboratoriya, 3 lingafon kabineti, 24 kompyuter sinfi, 1 kichik bosmaxona, institut Internet tarmogʻi, 2 elektron kutubxona, zamonaviy 2ta sport zali, 3ta kutubxona, 4ta qiroatxona, 4ta ustaxona, oʻquv tajriba xoʻjaliklari, sogʻlomlashtirish lageri, "Toʻmaris" va "Ziuar" ansambllari bor. Kunduzgi boʻlimda 22, sirtqi boʻlimda 10, maxsus sirtqi boʻlimda 5 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar va 14 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. 2019/2020 oʻquv yili institutda 10248 talaba taʼlim oldi. Ularga 494 oʻqituvchi, jumladan, 1 Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, 18 fan doktori va professor, 165 fan nomzodi va dotsent ishladi. Turli yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. Xorijiy davlatlar va MDH mamlakatlarining oliy taʼlim muassasalari bilan ilmiy-pedagogik hamkorlik qiladi. .[1]
FakultetlarTahrirlash
Institutda 11 fakultet mavjud
Turkiy tillar;
Kimiyo-biologiya;
Fizika-matematika;
Tasviriy sanʼat va mehnat;
Tarix geografiya;
Boshlangʻich taʼlim;
Maktabgacha talim;
Jismoniy tarbiya
Pedagogika;
Chet tillari
BitiruvchilarTahrirlash
Institutni tamomlaganlar orasida koʻplab taniqli odamlar bor: II jahon urushi qahramoni P.Nurpeisov, O'zbekiston Qahramonlari Allaniyaz Uteniyazov, Vera Pak, Toʻlepbergen Qayipbergenov, Ibraim Yusupov, Gayratdin Xojaniyazov. Akademiklar Marat Nurmuxammedov, Sobir Kamalov, Jumanazar Bazarboev, Amin Baxiyev, Xusniddin Hamidov, Abatbay Dawletov. Ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempioni Rustam Djangabaev.
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |