ChimboyQoraqalpogʻiston Respublikasi Chimbry tumanidagi shahar (1974-yildan), tuman markazi. Amudaryo deltasida, Kegeyli kanalining har ikkala sohilida, Nukus temir yoʻl stansiyasidan 56 km. Aholisi 46,2 ming kishi (2004).

Chimboy
shahar
42°56′09″N 59°46′31″E / 42.93583°N 59.77528°E / 42.93583; 59.77528 G OKoordinatalari: 42°56′09″N 59°46′31″E / 42.93583°N 59.77528°E / 42.93583; 59.77528 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
Mintaqa Qoraqalpogʻiston
Hukumat
Asos solingan 1926
Aholisi
 (2009)
39 571
Konfessiyaviy tarkib Musulmonlar, Xristianlar v.h
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 6144
Chimboy xaritada
Chimboy
Chimboy
Chimboy xaritada
Chimboy
Chimboy

CH. 17-asrda baliqchilar va chorvadorlar qalʼasi sifatida vujudga kelgan. 1976—77 yillarda shahar hududida qoraqalpoq arxeologlari tomonidan oʻtkazilgan qazishma ishlari natijasida bu yerdan 7—8-asrlarga oid ashyolar topilgan. Taryxiy manbalarda Ch. dastlab’ Shoxtemir deb yuritilgan. 1643-yilda bu qalʼa Xiva xonligining Orol dengizi jan. sohilidagi hududlarining markazi boʻlgan. 1740-yilda Xivaga kelishda poruchik Gladishev Shoxtemirdan oʻtgan. 1741-yil geodezist Muravin tuzgan xaritada ham Shoxtemir koʻrsatilgan.

1890-yilda Ch.da rustuzem maktabi va tibbiy punkt ochilgan. 20-asrning 1choragida bu yerda 80 ta savdo doʻkoni boʻlgan. Chimboylik savdogarlar Orenburgdan matolar va boshqa mollarni olib kelishgan. 1907—08 yillarda beda urugʻi va boshqa turli mahsulotlar Rossiya, AQSH, Germaniyaga eksport qilingan. Shu davrda Ch.da paxta tozalash, yogʻmoy, koʻnteri zavodlari qurilgan; 1913-yilda beda urugʻini tozalash zavodi ishga tushirilgan. 1916-yilda Ch. aholisi rus podsho hukumatining mahalliy aholini mardikorlikka olishga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. 1919-yilda Chimboyda yangi maktablar ochilgan. 1920-yilda Amudaryo viloyati tuzilib, u ikki uyezdga (Shoʻraxon va Chimboy) boʻlingan. Oʻsha yili Ch.da bolalar internati faoliyat koʻrsata boshlagan. Ch.ga 1927-yilda shaharcha maqomi berilgan. 1980-yil temir yoʻl oʻtkazildi.

CH.da paxta tozalash, yogʻmoy, keramika, asfaltbeton zavodlari, mahalliy sanoat korxonalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot instituti, naslchilik styasi, umumiy taʼlim maktablari, ped. kasbhunar kolleji, kutubxonalar, klub muassasalari, madaniyat uylari, oʻquvchilar madaniyat saroyi mavjud. Kasalxona, tugʻruqxona va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi.[1]


Chimboy shahri Nukus shahridan 56 km uzoqlikda joylashgan. Aholi soni 39 571 kishi istiqomat qiladi (2009).

Iqlimi Tahrirlash

Chimboy iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 17 24 35 37 41 43 45 46 41 34 27 20 46
Oʻrtacha maksimal, °C 1 4 11 22 28 34 35 34 27 19 10 3 19
Oʻrtacha harorat, °C −4 −2 5 14 21 26 28 26 19 11 4 −2 12
Oʻrtacha minimal, °C −8 −7 −1 7 14 18 20 18 11 4 −1 −6 6
Mutlaq minimal, °C −34 −30 −23 −9 −1 5 8 7 −4 −13 −26 −30 −34
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 12 12 20 18 21 7 4 3 3 7 15 12 134
Manba: Погода и климат

Manbalar Tahrirlash

  1. "Chimboy" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar Tahrirlash