Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli
Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli (taxallusi Zevar) (1824 — Moʻynoq tumani — 1878) — qoraqalpoq shoiri. Eski maktabda, soʻngra Xivadagi Shergʻozixon madrasasida oʻqigan. Qoraqalpoq ziyolilari orasida birinchilardan boʻlib oxund dara-jasiga erishgan. Oʻzbek, qozoq, turkman tillarini yaxshi bilgan. A. adabiy merosidan bizga 100 ga yaqin sheʼr va dostonlari yetib kelgan. Sheʼrlarida vatanpar-varlik, insonparvarlik gʻoyalari kuy-langan. „Kerak“, „Boʻladi“, „Boʻlmasa“, „Yaxshi“, „Yigitlar“ kabi asarlarida A.ning insonparvar gʻoya lari, falsafiy qarashlari ifodalangan. Asarlari xalq orasida keng tarqalgan. „Qiz Mengesh bilan aytishuv“ asari (1878) mashhur. Uning hayoti haqida yozuvchi K. Sultonov „Ajiniyoz“ romanini (1967), shoir I. Yusupov „Ajiniyoz“ operasi librettosini yaratgan (1989). Asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan („Tanlangan asarlar“, 1962 va boshqalar).1999-yil Oʻzbekistonda A. tavalludining 175 yilligi keng nishonlandi. Nukus shahrining xushmanzara joyida shoir nomi bilan ataluvchi maydon barpo etildi va A.ga haykal oʻrnatildi. Ad.: Saitov B., Berdaq va Ajiniyoz asarlari lugʻati, Nukus, 1970.
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |