Muhammad Fuzuliy ibn Sulaymon — (toʻliq ismi: Muhammad ibn Sulaymon, tugʻ. 1494 — 1556) — oʻrta asrlar ozarbayjon shoiri, mutafakkir va faylasuf. Ozarbayjon va turk adabiyoti tarixida devon janrining eng mashhur va taniqli namoyandalaridan biri sifatida tanilgan. Bir qancha tazkiralarda Bagʻdodiy taxallusi bilan ham tilga olinadi. Manbalarda boshqa ismi Mulla Muhammad Bag’dodiydir. Faqat shoir Bag’dodda emas, uning yaqinidagi Karbalo shahrida tug’ilgani ma’lum. Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-may 211-son Qaroriga binoan Muhammad Fuzuliy Ozarbayjon Respublikasida asarlari davlat mulki deb e’lon qilingan mualliflar ro’yxatiga kirgan

Muhammad Fuzuliy
Məhəmməd Füzuli
Fuzûlî.jpg
Tavallud sanasi: 1494
Vafot sanasi:1556
Kasb: Shoir
Janr:G’azal, Qasida, Musaddas,

tarkiband, tarjiband, Ruboiy,

Qit’a, Murabba’

HayotiTahrirlash

Muhammad Fuzuliy Ozarbayjonda mashhur bo’lgan turkiy elatli Bayot urug’idandir. Ba’zi manbalarga ko’ra,Muhammadning otasi Sulaymon Iroqqa, Ozarbayjonning Arash tumanidan ko’chib borgan. Keyinchalik shoirning o’g’li Fayzulloh Arashga qaytib, yaqin qarindoshlari yonida yashagan. U bu yerda o’zining olimligi bilan katta shuhrat qozongan. Fuzuliyning o’zi ham mukammal ta’lim olgan. Buni e;tiborga olgan tadqiqotchilar shoirning otasi o’ziga yarasha boy odamlardan bo’lgan deb hisoblashadi. Shuningdek, uning ziyoratgoh hisoblangan Hilla va Karbalo kabi shaharlarda yashashi Sulaymonning dindorlardan bo’lganidan dalolat beradi. Haqiqatdan ham Fuzuliyning otasi Hilla shahrining muftiysi bo’lgani haqida rivoyat bor. XI asrda Iroq Saljuqiylar, keyinchalik esa Mo’g’ullar va Temuriylar tomonidan bosib olingach, Bag’dodda va uning atroflarida turklar soni ortib bordi. Bu vaziyat keyin ham davom etadi. 1508-yilda shoh Ismoil tantanali ravishda Bag’dodga kirib, Iroqni Ozabayjonga qo’shib oladi, keyinchalik esa 1534-yilda bu shahar uzoq muddat Usmoniylar imperiyasi tarkibida bo’ladi. Shunday qilib, Fuzuliyning hayoti va ijodining ilk davrlari Iroqi-arabning Ozarbayjonning Safaviylar hokimiyatiga tobe bo’lgan yillariga to’g’ri keladi. Dohiy Muhammad Fuzuliy 1556-yilda Karbaloda o’latdan vafot etadi. Shoirning qabri ham aynan Karbalodadir.

IjodiTahrirlash

 
SSSR pochta markasi (1958).

Muhammad Fuzuliy boshlang’ich ta’limini Karbaloda olgan, Bag’dodda davom ettirgan. Bir muddat Iroqning Najaf va Hulla shaharlarida ham yashagan. Uning ustozi Vali Mammadzoda bo’lgan. Shaxsiy mutolaasi soyasida o’rta asr fanlari (mantiq, tibbiyot, astrologiya, matematika va gumanitar fanlar), xususan, diniy-falsafiy oqimlar, arab tarjimalari asosida yunon falsafasi bilan yaqindan tanishgan, klassik turk, arab, fors va hind adabiyotini o’rgangan.

"Bangu Boda" ("Nasha va may") asarini Shoh Ismoil Xatoiyga bag’ishlaganiga, Shoh Tahmasbga va uning sarkardalariga, har bir hokimlarga, xonlarga qasidalar yozishiga qaramay, saroyga qiziqishi bo’lmagan.

Sulton Sulaymonga bir necha qasima taqdim etgan Fuzuliy Sulton qo’shini bilan Bag’dodga kelgan turk shoirlari Xayoliy va Yahyobey bilan uchrashgan, “Layli va Majnun” (1537) asarini esa “Rum zariflari” deb atagan bu ijodkorlarning iltimosiga ko’ra qalamga olgan.

Fuzuliy uch tilda g’azal, qasida, musaddas, tarkibband, tarjiband, ruboiy, qit’a, murabba’ va g. Yozgan. Falsafiy mohiyatga ega qasidalari, “Yetti jom”, “Anisul qalb”, “Sihat va Dard” asarlari keksalik davri mahsullaridir. U qasidalarini alohida asar sifatida to’plab, kitob shakliga slogan, turk, fors va arab tillarida devonlar tuzgan.

Nizomiy Ganjaviyning ilk bora yozma adabiyotga olib kelgan “Layli va Majnun” mavzusining ko’pgina turk, fors, hind, o’zbek va tojik shoirlari tomonidan qalamga olinishiga qaramay, Fuzuliyning ona tilida yaratgan asari originalligi bilan bu mavzuda avvalroq yozilgan poemalardan ajralib turadi.

Fuzuliy qadim yunon va Sharq falsafasi bilan tanish edi. Uning falsafiy qarashlari asosan arab tilida nasrda yozgan “Matla-ul e’tiqod” asarida o’z aksini topgan. Fuzuliy bu yerda Aristotel, Platon, Empedokl, Demokrit va boshqa yunon faylasuflarining fikrlaridan, an-Nizomning falsafiy merosidan ta’sirlangan. Fuzuliyning boshqa asarlarida ham adabiy falsafiy fikrlarga duch kelish mumkin.


"Mani jondan o’sondirdi, jafodan yor o’sonmazmi..."

Mani jondan o’sondirdi, jafodan yor o’sonmazmi?

Falaklar yondi ohimdan, murodim shami yonmazmi?


Qamu bemorina jonon davoyi dard etar ehson,

Nechuk qilmaz manga darmon, mani bemor sonmazmi?


Shabi hijron yonar jonim, do’kar qon chashmi giryonim,

Uyodir xalqi afg’onim, qaro baxtim uyonmazmi?


Guli ruxsoringa qarshu go'zimdin qonli oqar su,

Habibim fasli guldir bu, oqar suvlar bulanmazmi?


Ga’mim pinhon tutardim man, dedilar, yora qil ravshan,

Desam ul bevafo bilman, inonurmi, inonmazmi?


Dagildim man sanga moyil, san etding aqlimi zoyil,

Manga ta’n aylayan g’ofil, sani ko’rgach, o’tonmazmi?


Fuzuliy rindi shaydodir, hamisha xalqa rasvodir,

Ko’ringkim, bu na savdodir, bu savdodan o’sonmazmi?


Fuzuliy


G’azal, majnuni-dilpazindir

Yo Rab, baloyi-ishq ila qil oshno mani!

Bir dam baloyi-ishqdan etma judo mani!

Oz aylama inoyatini ahli-darddan,

Yani ki, ko’p balolarga qil mubtalo mani!


O’lduqcha man go’turma balodan irodatim,

Man istaram baloni, chun istar balo mani!

Tamkinimni baloyi-muhabbatda qilma sust,

To do’st tan etib demoqqa bevafo mani!


Ketdikcha husning ayla ziyoda nigorimin,

Keldikcha dardina battar et mubtalo mani!

Man qandanu mulozamati-e’tiboru joh,

Qil g’olibi-saodati-faqru fano mani!


O’yla zaif qil tanimni firqatida kim,

Vaslina mumkin o’la keltirmak sabo mani!

Naxvat qilib nasib Fuzuliy kabi manga,

Yo Rab, muqayyad aylama mutlaq ma’no mani!


"Layli va Majnun", Fuzuliy


Fuzuliy o’z she’rlarida, XVI asrgacha ozarbayjon turkchasida yozgan shoirlarning barcha yaxshi tajribalarini hisobga olib, uni buyuk jur’at va mahorat bilan rivojlantirgan. Kirikaning eng qimmatli namunalarini berish bilan Ozarbayjon, shuningdek, turkiy adabiyot tarixida yangi, juda katta va go’zal maktab ochgan. Fuzuliy adabiy maktabi o’zining ma’no mazmunan boyligi, badiiy yuksakligi bilan inson his va fikrlarining badiiy ensiklopediyasini tashkil etadi. Bu maktab she’rimizning sifatini so’nggi darajada yuksak martabaga olib chiqish bilan cheklanib qolmagan. U Ozarbayjon turkchasining barcha go’zalliklarini, imkon va qudratini porloq sur’atda namoyish ettirgan. Bu maktab klassik adabiyotdagi eskirgan qoida va normalarni yo’q qilishda, rivojlanishga to’siq bo’luvchi klassik an’analarga jasur, ozod va epchillik bilan yondashishda buyuk tarixiy xizmat ko’rsatgan.

Fuzuliy Nasimiydan keyin ona tilda yaratilgan she’rning eng go’zal namunalari bo’lgan asarlari bilan adabiy-badiiy tilni yangi yuksakliklarga olib chiqqan, klassik Ozarbayjon, shuningdek, boshqa turkiy xalqlar poeziyasiga kuchli ta’sir ko’rsatgan, adabiy maktab yaratgan. Uning asarlari Tabrizda, Bokuda, Istanbulda, Anqarada, Qohirada, Toshkentda, Buxoroda, Ashxobodda bir necha bor nashr etilib, dunyo sharqshunoslari tomonidan yuksak baholangan.

Muhammad Fuzuliy qamariy 963-yilda, milodiy 1556-yilda Karbaloda o’latdan vafot etib, o’sha yerda dafn etilgan.

Layli va MajnunTahrirlash

 
Tanho Majnun, XV asrda noma’lum rassom tomonidan chizilgan.

Layli va Majnun afsonasi haqida ko’pgina poemalar yozilgan. Lekin Fuzuliyning “Layli va Majnun” poemasi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Muallif o’sha davrning patriarxal madaniyatini, uning ob-havosini har tomonlama va ochiq-oydin ravishda izohlab bergan. Layli va Majnun timsolida insonga, hayotga va sevgiga yangi munosabat ifodalangan. Layli va Majnun yangi inson idealining, inson haqidagi yangi qarashlarning eski qarashlar va ziddiyat bilan to’qnashuvini aks ettiradi. Bu to’qnashuv eski qarashlarning, tushunchalarning tarix sahnasidan chiqish vaqti yaqinlashganini ko’rsatadi. Lekin bu eski qarashlar hali shuurlardan o’chmagan. Unga qarshi har bir chiqish, har bir harakat ahmoqlik, beaqllik, majnunlik hisoblanadi. Xoh qiz, xoh o’g’il farzand kimnidir tanlashi, kimnidir yoqtirishi hali ham ota haqlarini toptalash, davrning odat-an’analariga qarshi borish sifatida qabul qilinadi.

Asar bilan yaqindan tanish bo’lganlar Layli va Majnun muhabbati maktabdan boshlanganini biladi. Bu hech ham tasodif emas. Ya’ni komillik, ijtimoiy munosabatlar tizimining rivoji ayol va erkak munosabatlarining yo’lga qo’yilishi uchun ilm va ta’lim zaruriy shartlardan biridir. Ular bir-birini faqat maktabda ko’rishadi va bu muhabbatga, o’zaro munosabatga ana shu yerda yana-da yaqinlashishadi. Majnunning iztirobi, hasrati Laylining maktabdan ketishi bilan boshlaydi. Albatta, Fuzuliyning komil inson, shaxsiyat timsolida yaratgan inson obrazi Layli va Majnun munosabatlarida qo’ygan konsepsiyasini va uning gender munosabatlarining asosini tashkil etadi. Ham Majnun, ham Layli ayni ijtimoiy statusga egadirlar. Ya’ni har ikkisi qabila boshliqlarining yagona farzandidir, mol-mulk jihatdan ham bir xil boylikka egadirlar. Ammo Laylining otasi qizini bunday boy oilaga berishni istamaydi. Shubhasiz, bu yerda asosiy masala Qaysning insoniy munosabatlarga, muhabbatga, oila qurishga tegishli o’ziga xos jihatlarga ega bo’lishidadir. Uni tushuna olmaganlari yoki qabul qilmaganlari uchun Qays Majnunga aylandi. Bu “majnunlik” inson sevgisidan, insonning insonga bo’lgan munosabatidan paydo bo’ladi. Shuning uchun ham u o’zini sahroda, hayvonlar orasida yaxshiroq his qilardi.


Layli Majnunga jo’natgan maktubida o’zining huquqdan mahrumligi, qul, buyum kabi olinib sotilishini bildirib shunday deydi:

Men gavharman, o’zgalar xaridor,

Menda emas ixtiyori-bozor,

Davronki, meni mazoda soldi,

Bilmam kim edi sotgan, kim oldi,

O’lsaydi manim o’z ixtiyorim,

O’lmasdi sendan o’zga yorim.

"Layli va Majnun", Fuzuliy


Bu yerda ayolning ozod tanlov huquqining tortib olinishi oshkor bo’ladi. Fuzuliy bu bilan Islom dinining ayolga bergan tanlov huquqini talab etadi va bu uchun insonlarni ilohiy haqiqatga amal qilishga chorlaydi. Dunyoda hokim odat-an’ana va tushuncha tarsi ayolga ma’naviy erkinlik bermas, ayol qalbining ovozini eshitishni istamasdi.


Asar patriarxal madaniyatning bir namunasi sifatida ham baholanishi mumkin. Bu yerda ayollar har bir harakatlarida juda ehtiyotkorlik bilan harakat qiladilar. Laylining Majnunga bo’lgan muhabbatini eshitgan ona ham bu hayajon va qo’rquv dahshatini his qiladi. Va u buni Layliga qilgan nasihatlarida ochiq bildiradi:

Kaysho’x, nedir bu go’ftugular?

Qilmoq sanga ta’na aybchilar?

Nechun o’zingga ziyon etursan?

Yaxshi nomingni yomon etursan?

Nechun sanga ta’na etar badyu?

Nomusingga loyiq ishmidir bu?

«Layli va Majnun», Fuzuliy

Ayol ozodligi hayo, ibo, nomus, iffat jilovlari bilan pardalangan bo’ladi. Asarda ayolning o’z istagini tilga olishi, erkin oila qurish orzusi bilan yashashi ham odob-axloqdan uzoq deb hisoblanadi. Asosiy fojia shundaki, Layli o’z huquqi yo’lida qisman bo’lsa ham kurash olib borsa-da, atrofida o’ziga hamdam topilmasligi sababli natijaga erisha olmaydi. U atrofdagilar tomonidan tushunilmasligi sababli dardini sham bilan, parvona bilan, oy bilan, bulut bilan, tuya bilan bo’lishishga majbur bo’ladi. Layli o’zini jilovi boshqasining qo’lida bo’lgan tuyaga o’xshatadi:

Men kabi yo’q qo’lda ixtiyoring,

Bir o’zga qo’lidadir mahoring.

«Layli va Majnun», Fuzuliy

Fuzuliy qalamga olgan sevgi dostonida bosh qahramonlarning – Layli va Majnunning komil surati bilan birga epizodik obrazlar ham berilgan. Yoshlarning ota-onasidan tashqari Nofel, Ibn Salom, Zayd kabi ikkinchi darajali obrazlar, bu yoki boshqa darajada voqealar rivojida qatnashgan Soqiy, Gardun, ohu, kabutar, sham, oy va boshqa allegoric obrazlar berilgan. Bu obrazlarning xarakterida asosiy jihat, asosiy kayfiyat sof muhabbat, sevgiga sadoqat masalasidir. Butun boshqa masalalar ikkinchi, uchinchi darajada qoladi.

Shoir epizodik obrazlardan ham sevgining jozibador qudratini, hamma narsadan ustunligini, eng yuksak ma’no kasb etishini ko’rsatadi. Hatto Majnunga raqib bo’lgan Ibn Salom obrazini ishlar ekan, shoir uning menligidagi musbat sifatlarni, uning oliy idrokini, xush xosiyatini, jozibali husnini qayd etadi. U mo’tabar insondir, kibor ichida mashhurdir, baxtiyordir, boydir, ma’rifat ahlidir. Shoir uni bosh qahramoni Majnun bilan qiyoslaydi. Ibn Salom Laylini ovga borganda ko’rib, maftun bo’ladi va darhol uyiga qaytadi. Layli uchun sovchi bo’lib borishga eng aqlli, munosib odamni topadi.

Tasvirda bosh qahramonga – Majnunga raqib bo’lgan odamning tasvirida shoir raqibning manfiy jihatlarini bo’rttirib ko’rsatishini kutish mumkin edi. Lekin unday bo’lmaydi, shoir hatto Majnunning raqibida ham xunuk xislatlarni ko’rmaydi. To’g’rirog’i bunday odam bilan “eng yuksak xilqat” bo’lgan Laylini yuzma-yuz qo’yishni istaydi. Layli Ibn Salomni sevmasa ham, undan qochishni xohlasa ham, Ibn Salom olijanob bo’lib qolaveradi. Layli to’y kechasida o’z dardini unga aytgach, qizning barcha iztiroblariga ishonadi, olijanoblik qilib, fikrini butkul o’zgartiradi, unga yaqinlashmaydi, “vasldan” umidini uzib hijronni o’ziga ro’ziy etadi.

Kaysho’x, nedir bu go’ftugular?

Qilmoq sanga ta’na aybchilar?

Nechun o’zingga ziyon etursan?

Yaxshi nomingni yomon etursan?

Nechun sanga ta’na etar badyu?

Nomusingga loyiq ishmidir bu?

«Layli va Majnun», Fuzuliy

Ayol ozodligi hayo, ibo, nomus, iffat jilovlari bilan pardalangan bo’ladi. Asarda ayolning o’z istagini tilga olishi, erkin oila qurish orzusi bilan yashashi ham odob-axloqdan uzoq deb hisoblanadi. Asosiy fojia shundaki, Layli o’z huquqi yo’lida qisman bo’lsa ham kurash olib borsa-da, atrofida o’ziga hamdam topilmasligi sababli natijaga erisha olmaydi. U atrofdagilar tomonidan tushunilmasligi sababli dardini sham bilan, parvona bilan, oy bilan, bulut bilan, tuya bilan bo’lishishga majbur bo’ladi. Layli o’zini jilovi boshqasining qo’lida bo’lgan tuyaga o’xshatadi:

Mayl etmadi mutlaq o’l nigora, Hargiz unga qilmadi nazora!

«Layli va Majnun», Fuzuliy

Poemaning oxirlariga kelib, Layli va Majnunning yuzma-yuz kelishgan joyida kutilmagan hodisa yuz beradi. Biroz avval sahroda karvonni yo’qotgan, adashib sargardon kezgan Layli Majnunga duch eklganida uni tanimaydi. Endi esa Majnun Laylini tanimaydi yoki tanishni istamaydi. Layli o’zining har bir qayd va shartdan uzoqligini, MAjnunning og’ushiga kirishga tayyor ekanligini aytganda Majnun ortga tisariladi, bunday visolga toqati yo’qligini bildiradi:

Yoqmoqqa meni yetar xayoling,

Yo’qdur manga toqati visoling!

Ul kunki, ko’zimda bor edi nur,

Ko’zdan yuzingni qochirding, ey hur…

Ishq etdi binoyi vasli mahkam,

Mani-da mani san ila hamdam!

Manda bo’lgan oshkor sensan,

Man xud yo’qman, ulki bor sansan!..

«Layli va Majnun», Fuzuliy

Umrini ma’shuqasining yo’lida qo’ygan, foniy kun uchun “rusvoyi xaloyiq” bo’lgan odamning o’z orzusiga yetay deganda birdaniga yuz o’girishi, albatta, aqlli harakat hisoblanmaydi. Bu chindan ham “majnunlik” alomatidir. Faqat buyuk shoir buni ham sayoz, oddiy harakat hisoblamaydi, oshiqning iztiroblarga to’la, yarali qalbi bilan va qalbning murakkab hayoti bilan izohlaydi. Majnun endi omadsiz bir ishqning mujassami sifatida qolish, Laylining bokira xayoli bilan yashash va o’lishni istaydi:

Man ishq kezargohida xokman,

Elchimla bilarmanki, pokman!..

«Layli va Majnun», Fuzuliy


ShikoyatnomaTahrirlash

Ikkinchi nomi “Nishonchi poshshoga maktub”dir. Davrining mansabdor xarajatlaridan, a’yonlarning poraxo’rligi tufayli unga yozilgan nafaqani ololmaganidan norozi bo’lgan Fuzuliy o’zining “Shikoyatnoma” manzum she’rida shunday yozadi:

Salom berdim – pora emas deya olmadilar.

Hukm ko’rsatdim – foydasizdir deya multafit o’lmadilar.

Agarchi zohirda surati-itoat ko’rsatdilar, ammo zaboni-hol ila jami suolima javob berdilar.

Dedim: - Ya ayyuhal-ashob! Bu ne fe’li-xatovu chini-abrudur?

Dedilar: - Muttasil bizning odatimiz budur.

Dedim:- Manim raoyatimni vojib ko’rmishlar. Va manga baroati-taqoud bermishlarki, o’vqafdan hamisha bahramand bo’lam. Va podshohga farog’at ila duo qilam.

Dedilar: - Ey, miskin! Saning mazolimingga kirmishlar va sanga sarmoyayi-taraddud bermishlarki, mudom foydasiz jidol etasan. Va nomuborak yuzlar ko’rub, nomuloyim so’zlar eshitasan.

Dedim:- Baroatimning mazmuni ne uchun surat topmas?

Dedilar:- Zavoiddir, husuli mumkin bo’lmas.

Dedim:- Bundoq o’vqof zavoidsiz bo’larmu?

Dedilar:- Zaruriyati-ositonadan ziyoda qolursa, bizdan qolurmu?

Dedim:- Vaqf molin ziyoda tasarruf etmak vaboldur.

Dedilar:- Aqchamiz ila sotib olganmiz, bizga haloldur.

Dedim:- Hisob olsalar, bu sulukunuzun fasodi topilur.

Dedilar:- Bu hisob qiyomatda olinur.

Dedim:- Dunyoda daxiy hisob olinur xabarin eshitganmiz.

Dedilar:- Ondin daxiy boqiymiz yo’q, kotiblarni rozi etganmiz.

"Shikoyatnoma", Fuzuliy

AsarlariTahrirlash

  • Ozarbayjon va Fors tilida devon
  • "Qasidalar devoni" – Ozarbayjon, fors va arab tilida yozilgan devon
  • "Matla-ul e’tiqod" - arabcha falsafiy traktat

Turkcha (ozarbayjoncha) asarlari:

  • "Bangu boda" (Nasha va may) - poema
  • "Suhbat-ul asmor"(Mevalarning suhbati) - poema
  • "Layli va Majnun" - poema (allegoriya bo’lmagan yagona poemasi)
  • "Hadiqatus-Suado" (Baxt bog’i) – shoirning hajm jihatdan eng katta asari, an’anaviy-mushtarak mavzuda yozilgan.
  • "Shikoyatnoma" yoki "Nishonchi poshshoga maktub" - nasr asari (Ozarbayjon tilida ilk nasr)
  • "Hadisi Arbain"(Qirq hadis) – Abdurahmon Jomiyning shu nomli asaridan tarjima (fors tilidan)

Forscha asarlari:

  • "Haft jom" (Yetti jom) yoki “Soqiynoma” - allegorik poema
  • "Sihat va dard" – forscha va nasrda yozilgan allegorik asar.
  • "Rindu Zohid" – nasrda yozilgan ikki qarash dialogi.


Chop etilgan kitoblariTahrirlash

  • "Layli va Majnun" Boku, Ushoqgenchnashr, 1958
  • Muhammad Fuzuliy. Asarlari. Olti jildda. I jild. Boku, “Ozarbayjon” nashriyoti, 1996.
  • Muhammad Fuzuliy. Asarlari. Olti jildda. I jild. Boku, “Sharq-G’arb”, 2005, 400 s. Matn
  • Muhammad Fuzuliy. Asarlari. Olti jildda. II jild
  • Muhammad Fuzuliy. Asarlari. Olti jildda. III jild
  • Muhammad Fuzuliy. Asarlari. Olti jildda. IV jild
  • Muhammad Fuzuliy. Asarlari. Olti jildda. V jild
  • Muhammad Fuzuliy. Asarlari. Olti jildda. VI jild

Mashhur g’azallariTahrirlash

  • Mani jondan o’sondirdi
  • So’z
  • O’lsaydi mandaki g’am
  • Jon berma g’ami-ishqa ki, ishq ofati-jondir
  • Jonni kim jononi uchun sevsa jononin sevar
  • Manda Majnundan fuzun oshiqlik iste’dodi bor
  • Yetar ey falak
  • Tutashdi g’am o’tina
  • Panbayi-tog’i junun ichra nihondir badanim
  • Ey ko’ngil, yorni ista, jondan kech
  • Ko’ngil sajjodaga bosma oyoq, tasbehga qo’l urma
  • Ramazon bo’ldi chekib shohidi-may pardaga ru
  • Ey bevafoki, odat bo’libdir javo sanga
  • Oshiq o’ldim yana bir toza guli ra’noga

O’qilgan she’rlariTahrirlash

  • Hadiqat-us Suado – o’qigan: Anvar Valiyev
  • Shabi hijron yonar jonim – o’qigan: Elshan Rustamov
  • Ey hakim – o’qigan: Shohrux Naxoiy
  • Ey tabib

She’rlariga yozilgan musiqay asarlarTahrirlash

Operalar

Layli va Majnun - musiqa: Uzeyir Hojibeyov

Musiqa poemalari

  • Fuzuliy vokal-simfonik poema (1993) - musiqa: Ramiz Mustafayev
  • Fuzuliy simfonik poema - musiqa: Orif Malikov
  • «Shabi-hijron» lirik poema - xor va katta simfonik orkestr uchun - musiqa: Mammad Quliyev

Romanslar

  • Shavkat Alakbarova - Fuzuliy kantatasi (Mani jondan o’sondirdi) - musiqa: Jahongir Jahongirov
  • Gulog’a Mammadov - Vatanimdir - musiqa: Sulaymon Alaskarov
  • Ramil Qosimov - Suvlar oynasi - musiqa: Rashid Shafaq
  • Ramil Qosimov - Yod aylaram (fortepiano bilan kuylash uchun)- musiqa: O’qtay Zulfiqorov

Tasniflar, maqomlar

  • Abulfat Aliyev - Tasnif Mani jondan o’sondirdi
  • Alibobo Mammadov – Muxolif tasnifi Shabi hijron
  • Guliston Aliyeva - Tasnif Ey kamon-abru shahidi navoki mujgoningman
  • Hayrat, ey bud
  • Bulbul - Fuzuliy tasniflari


FilmografiyaTahrirlash

  1. Muhammad Fuzuliy (film, 1958)
  2. Layli va Majnun (film, 1961)
  3. Muhammad Fuzuliy (film, 1989)
  4. Shabi hijron (film, 1993)
  5. Suhbat-ul asmor (film, 1994)

XotirasiTahrirlash

1994-yilda Ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Fuzuliy tavalludining 500 yillik yubileyi munosabati bilan davlat komissiyasi tuzilgan.

1996-yil 13-sentyabr dohiy Ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Fuzuliy tavalludining 300 yillik yubileyi munosabati bilan «Fuzuliy ensiklopediyasi»ning tayyorlanishi va nashr etilishini ta’minlash maqsadida «Fuzuliy ensiklopediyasi redaksiyasi» tuzilishi haqida qaror qabul qilindi.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti 1996-yil 13-sentyabrda “Fuzuliy nomidagi xalqaro mukofoti ta’sis etilishi haqida Buyruq imzolandi.

Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida M.Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon madaniyat, ta’lim va tadqiqotlar markazi ochildi.

2019-yil 30-oktyabrda universitetda o‘tkazilgan “O‘zbek tili taraqqiyoti, turkologiya va xalqaro hamkorlik masalalari” nomli xalqaro konferensiya doirasida Ozarbayjonning dohiy shoiri Muhammad Fuzuliy nomini olgan Ozarbayjon madaniyat, ta’lim va tadqiqotlar markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazining loyihasi asosida yaratilgan Ozarbayjon bo‘limida maxsus tartibot va dizayn ishlari amalga oshirilib, Ozarbayjon tili, adabiyoti, madaniyatining targ‘ibi maqsadi bilan o‘lkamizga tegishli nashrlar, ko‘rgazmali vositalar sovg‘a qilindi.

Markazda xalqlar orasidagi do‘stlik, madaniy-adabiy aloqalarga doir burchaklar, shuningdek, davlat atributlarimiz va milliy madaniyatimizga tegishli xususiy stendlar yaratilgan, Ozarbayjon adabiyotining taniqli namoyandalari portretlari, xususan, dohiy Fuzuliyning hayoti va ijodi, asarlari, asarlaridan miniaturalar joylashtirilgan.

Markazning asosiy faoliyati Ozarbayjon tili va adabiyotining o‘rganilishi va targ‘ibidir. Markazda ozarbayjon olimlar, shoirlar, yozuvchilar, mutaxassislarning ishtirokidagi uchrashuvlar, ma’ruzalar, yubileylar, ochiq darslar, ko‘rgazma va seminarlar tashkil etiladi, ochilgan kutubxona doimiy ravishda Ozarbayjonga tegishli yangi nashrlar bilan ta’minlanadi.

Markaz vositasi bilan Universitet o‘qituvchi va talabalari Ozarbayjon bilan, uning qadimiy tarixi, boy madaniyati, adabiyoti bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo‘ladi va markaz tadqiqotchilar, tarjimonlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Yakunda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Samir Abbosov yangi ochilgan Muhammad Fuzuliy nomini olgan Ozarbayjon madaniyat, ta’lim va tadqiqotlar markaziga milliy madaniyatimizni o‘zida aks ettiruvchi Ozarbayjon gilami va milliy suvenir taqdim etdi.


Xotirasiga bag’ishlangan tangalarTahrirlash


ManbalarTahrirlash

  1. Devon, T., 1961; Muhammad Fuzuliy [Asarlar], 2 j.li, T., 1968.
  2. Muhammad Fuzuliy, Layli va Majnun  (ozar.)
  3. M.Fuzuliy «Layli va Majnun» poemasi. Boku-Maorif, 1991.
  4. Ozarbayjon badiiy va ijtimoiy-falsafiy fikrida ayol masalasi. Boku-Odilog’li, 2004.
  5. Muhammad Fuzuliy. Asarlari. Olti jildda. II jild. Boku, Sharq-G’arb, 2005, 336 s. ISBN 9952-418-51-2
  6. Ozarbayjon Tarixi portali : Каджар Чингиз. Выдающиеся сыны древнего и средневекового Азербайджана. — Баку, издательство «Азербайджан» - 370146, Метбуат проспекти, 520-й квартал., издательство Эргюн, 1995. - 392 с.
  7. Arasli X., Velikiy azerbaydjanskiy poet Fizuli, Baku, 1958; Jalolov T., Fuzuliy //Fuzuliy. Devon, T., 1961.

Tashqi havolalarTahrirlash