Karina Maruyama (yaponcha 丸山 桂里奈.1983-yil 26-martda tugʻilgan) — yaponiyalik Tarento futbolchisi. Yaponiya terma jamoasida oʻynagan. Maruyama nafaqaga chiqqanidan beri televizorda faol boʻlib, Horipro isteʼdodlar agentligi koʻrsatuvlarida faoliyat yuritadi.

Karina Maruyama
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi 丸山 桂里奈
Tavallud sanasi 26-mart 1983-yil (1983-03-26) (41 yosh)
Tavallud joyi Ota, TokioYaponiya Yaponiya
Boʻyi 163sm
Ampluasi Hujumchi
Milliy terma jamoa
Yaponiya Yaponiya

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Maruyama 1983-yil 26-martda Tokioning Ota shahrida tugʻilgan. Nippon Sport fan universitetini tamomlagandan soʻng, u 2005-yilda TEPCO Mareeze kompaniyasiga qoʻshildi va Fukusima Daiichi atom elektr stansiyasi uchastkasiga joʻnatildi[1][2].

Maruyama 2005-yilgi mavsumda L. Ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida tanlandi. 2009-yilgi mavsumgacha L. ligasida oʻynadi. U 2010-yilda AQShning Filadelfiya Independens jamoasida oʻynash uchun ligani tark etdi. Sentabr oyida u Yaponiyaga qaytib, JEF United Chiba jamoasiga qoʻshildi. 2012-yilda Krina FC Speranza Osaka-Takatsuki (keyinchalik Konomiya Speranza Osaka-Takatsuki)ga oʻtdi. 2016-yilgi mavsum oxirida u nafaqaga chiqdi.

Terma jamoa karyerasi tahrir

2002-yil avgust oyida Maruyama 2002-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun Yaponiyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga tanlab olindi[3]. Oktabr oyida u Yaponiya terma jamoasi tomonidan 2002-yilgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun chaqiruv oldi. Ushbu musobaqada u 2-oktabr kuni Shimoliy Koreyaga qarshi debyut qildi[4]. U 2 marta Jahon chempionatlarida (2003 va 2011) va Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 3 marta (2004, 2008 va 2012) qatnashgan. 2011-yilgi Jahon chempionatida Germaniya oʻyindagi yagona golni kiritib, mezbon davlatni magʻlub etdi va Yaponiyani turnirning birinchi yarim finaliga olib chiqdi[5]. Yaponiya AQSHni magʻlub etganida u finalda zaxiradan maydonga tushdi[6]. 2012-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Yaponiya kumush medalni qoʻlga kiritdi. U Yaponiya terma jamoasi safida 2014-yilda faoliyatini yakunlangunga qadar 79 oʻyin oʻtkazdi va 14 ta gol urdi.

List of match in 2011, 2012, 2013, 2014 at Japan Football Association (yaponcha)</ref>

Yaponiya terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
2002 5 0
2003 12 6
2004 11 3
2005 3 0
2006 9 1
2007 1 0
2008 17 3
2009 2 0
2010 0 0
2011 8 1
2012 5 0
2013 4 0
2014 2 0
Umumiy 79 14
 
Karina Maruyama in 2020

Milliy terma jamoadagi gollar tahrir

# Sana Joy Raqib Xisob Natija Turnir
1. 19-Mart 2003-yil Bangkok, Tailand   0-9 0–9 Oʻrtoqlik oʻyini
2. 11-Iyun 2003-yil Bangkok, Tailand   7-0 7–0 2003-yil AFC Ayollar o'rtasida Osiyo chempionati
3. 11-Iyun 2003-yil Bangkok, Tailand   7-0 7–0 2003-yil AFC Ayollar o'rtasida Osiyo chempionati
4. 13-Iyun 2003-yil Bangkok, Tailand Mianmar 7-0 7–0 2003-yil AFC Ayollar o'rtasida Osiyo chempionati
5. 15-Iyun 2003-yil Bangkok, Thiland   5-0 5–0 2003-yil AFC Ayollar o'rtasida Osiyo chempionati
6. 12-Iyul 2003-yil Tokio, Yaponiya   2–0 2–0 2003-yil FIFA Ayollar oʻrtasida Jahon chempionati kvalifikatsiyasi Pley-off
7. 18-Aprel 2004-yil Tokio, Yaponiya   7-0 7–0 Futbol boʻyicha 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari kvalifikatsiya
8. 22-Aprel 2004-yil Tokyo, Japan   6-0 6–0 Futbol boʻyicha 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari kvalifikatsiya
9. 22-Aprel 2004-yil Tokio, Yaponiya   6-0 6–0 Futbol boʻyicha 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari Kvalifikatsiya
10. 13-Noyabr 2006-yil Karlsruhe, Germany   3–6 3–6 Oʻrtoqlik oʻyini
11. 31-May 2008-yil Ho Chi Minh City, Vietnam   0–6 0–11 2008 AFC WAyollar o'rtasida Osiyo kubogi
12. 31-May 2008-yil Ho Chi Minh City, Vietnam   0–10 0–11 2008 AFC Women's Asian Cup
13. 24-Iyul 2008-yil Kobe, Japan   3–0 3–0 Oʻrtoqlik oʻyini
14. 9 Jul 2011 Wolfsburg, Germany   0–1 0–1 2011 FIFA Ayollar o'rtasida jahon chempionati

Yutuqlar tahrir

  • Ayolllar oʻrtasida futbol boʻyicha jahon chempionati - Chempion (2011-yil)
  • Ayollar oʻrtasida futbol boʻyicha Sharqiy Osiyo chempionati - Chempion (2008-yil)

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir