Kariota (Caryota) — palmadoshlar oilasiga mansub palmalar turkumi. Boʻyi 25 m cha. Hindiston yarim oroli, Malayya arxipelagi va Hind okeanining baʼzi o.larida, tropik Avstraliyada 10 dan ortiq turi bor. Bargi juft patsimon, uz. 6,5 m. Guli juda yirik (uz. 3,5 m cha) shingilsimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi rezavor. K. hayotida bir marta gullaydi. Gullashdan oldin palmaning uchi kesilib, undan palma vinosi tayyorlashda ishlatiladigan va ichiladigan shira olinadi. Baʼzi turlari (S. urnens, S.mitis)HHHr toʻpguli shirasidan qand ishlab chiqariladi, vino tayyorlanadi; loyalarining oʻzagidan kraxmal olinadi; koʻp turlarining yogʻochi qurilishda ishlatiladi. Barg tolalaridan savat toʻqiladi va chutka tayyorlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil