Karl Bogdanovich
Karl Ivanovich Bogdanovich (1864.29.11, Vitebsk gubernyasi 1947.5.6, Varshava) — geolog olim. Peterburg konchilik institutini tugatgan (1886). 1901 — 17 yillarda Rossiya Geologiya qoʻmitasida ishlagan (1914-yildan direktor), ayni vaqtda Peterburg konchilik instituti professor (190219). 1919-yilgacha Rossiyaning Yevropa qismi, Markaziy Osiyo, Sibir va Kavkazda katta tadqiqot ishlari olib borgan. Ruda konlari (1912—13) va 1931-yilda neft konlari geologiyasi boʻyicha katta toʻplamlari nashr qilingan. Oʻrta Osiyo boʻyicha olib borgan tadqiqot ishlari seysmologiyaga salmokli hissa qoʻshdi va shu regionning tektonik sxemasini belgilab berdi. 1919-yildan Polshada Krakov akademiyasi professor[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |