Karl Pavlovich Bryullov [1799. 12 (23). 12, Peterburg 1852.11(23).6, Marchano, Rim yaqinida] — rus rassomi. Peterburg Badiiyot akadimyasida taʼlim olgan (180921). 182335-yillar va 1850-yildan Italiyada yashagan. 1836-yildan Peterburg Badiiyot akadimyasida professor B. rus rangtasviridagi klassitsizm oqimiga romantizm va hayotdan zavqlanish kayfiyatini olib kirdi. Asarlari insonning goʻzal, nafis histuygʻularini kuylashi ("Virsaviya", 1812), obrazlarining dramatik qudrati ("Pompeyning soʻnggi kuni", 1830— 33), realistik anʼanalar, nozik psixologizmi (M. Lanchi portreti, 1851; avtoportret, 1848) bilan ajralib turadi.

B.ning mujassamot tuzish va bezash mahorati ayniqsa hashamdor portretlarda toʻla namoyon boʻlgan. "Chavandoz ayol" (1832), "N. V. Kukolnik" (1836), "I. A. Krilov" (1839) va boshqa asarlari rus realistik portretining katta yutugʻi boʻldi. B. akvarel va rasm ustasi hamdir (italiyaliklar maishiy hayotidan lavhalar, Gresiya va Turkiya safarlari chogʻidagi manzara va chizgilari, 1835).

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil