Karl Corneliusson
Byorn Karl Hakan Corneliusson (1976-yil 17-noyabrda tugʻilgan) — Shvetsiyalik sobiq professional futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan. Faoliyatini Örgryte IS bilan boshlagan, u 1994 va 2007-yillar oraligʻida boʻlgan faoliyati davomida AIK, Salernitana, Napoli va Landskrona BoIS klublarida professional futbol oʻynagan. U 2000-2001-yillarda Shvetsiya terma jamoasi safida to‘qqizta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Björn Karl Håkan Corneliusson | ||
Tavallud sanasi | 17-noyabr 1976-yil | ||
Tavallud joyi | Gothenburg, Shvetsiya | ||
Boʻyi | 1.75 m (5 ft 9 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1982-1985 | Masthuggets BK | ||
1986-1987 | Göteborgs FF | ||
1988-1994 | Örgryte IS | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1994-1998 | Örgryte IS | 56 | (1) |
1999-2003 | AIK | 98 | (7) |
2004-2005 | Salernitana | 22 | (2) |
2004-2005 | → Napoli (Ijara) | 11 | (0) |
2005-2007 | Landskrona BoIS | 43 | (3) |
2008-2009 | Lilla Torg FF | 19 | (1) |
2010-2012 | BK Skottfint | 11 | (1) |
2014 | Stenungsunds IF | 0 | (0) |
2014 | Styrsö BK | 3 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
1992-1993 | Shvetsiya U17 | 13 | (2) |
1994 | Shvetsiya U19 | 7 | (1) |
1996-1998 | Shvetsiya U21 | 19 | (1) |
2000-2001 | Shvetsiya | 9 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Jamoalardagi faoliyati
tahrirCorneliusson futbolchilik faoliyatini Örgryte IS bilan boshlagan, 1999-yilgi Allsvenskan mavsumi oldidan AIK bilan shartnoma imzolagan[1]. AIKda u 1999-2000-yillarda UEFA Chempionlar Ligasida ishtirok etgan, shuningdek, 1998-1999-yillarda Svenska Kupenini qoʻlga kiritgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan[2].
2003-yilgi Allsvenskan mavsumidan keyin u AIKni tark etib, Italiya B seriyasida Salernitana bilan shartnoma imzolagan[3]. Keyingi mavsumda u C Seriyada " Napoli "ga ijaraga berilgan. 2005-yilda u Landskrona BoIS bilan shartnoma imzolash uchun Shvetsiyaga qaytib kelgan.
Xalqaro karyera
tahrirYoshlar
tahrirCorneliusson Shvetsiya U17, U19 va U21 jamoalarida jami 39 ta oʻyinda maydonga tushgan va 1998-yilda Ruminiyada boʻlib oʻtgan 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida 6-oʻrinni egallagan Shvetsiya U21 jamoasi tarkibidagi asosiy oʻyinchilardan biri boʻlgan[4].
Kattalar jamoasi
tahrirU Shvetsiya terma jamoasi safida 2000-yil 4-fevralda Norvegiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan, 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yinda 71-daqiqada Teddi Luchich o‘rniga zahiradan maydonga tushgan[5]. Oʻsha yilning oxirida u Shvetsiya terma jamoasi uchun 2002-yilgi Jahon chempionati saralashida Turkiyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan, 55-daqiqada Niklas Aleksandrssonni oʻrniga zahiradan maydaonga tushgan va 1:1 hisobida yakunlangan oʻyinda sariq kartochka olgan.
U Shvetsiya termasi uchun ilk golini 2001-yil 28-fevralda Maltaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida kiritgan, oʻsha oʻyinda Shvetsiyaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishgan[6]. U 2001-yil 25-aprelda Shveytsariyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 2:0 hisobida gʻalaba qozongan holda 9- va soʻnggi xalqaro oʻyinini oʻtkazgan.
2002-yilgi Jahon chempionati saralashida uchta oʻyinda maydonga tushgan boʻlsa-da, turnir boshlanishidan atigi bir oy oldin qoʻlidan jarohat olib, Shvetsiya terma jamoasiga chaqirilmagan[7][8].
Karyera statistikasi
tahrirXalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gollar |
---|---|---|---|
Shvetsiya | 2000 | 2 | 0 |
2001 | 7 | 1 | |
Jami | 9 | 1 |
№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa | Mnb. |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 28.02.2001 | Taʼ Qali milliy stadioni, Taʼ Qali, Malta | Malta | 1-0 | 3-0 | Oʻrtoqlik | [10] |
Yutuqlar
tahrirAIK
- Svenska Kupen : 1998-1999
Shaxsiy yutuqlar
Manbalar
tahrir- ↑ „500 AIK:are - Karl Corneliusson“. www.aik.se. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
- ↑ „Karl Corneliusson - Spelarstatistik - Svensk fotboll“ (sv). www.svenskfotboll.se.. 2021-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyul.
- ↑ „500 AIK:are - Karl Corneliusson“. www.aik.se. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.„500 AIK:are — Karl Corneliusson“. www.aik.se. Retrieved 2020-10-06.
- ↑ „Karl Corneliusson - Spelarstatistik - Svensk fotboll“ (sv). www.svenskfotboll.se.. 2021-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyul.„Karl Corneliusson — Spelarstatistik — Svensk fotboll“ (Wayback Machine saytida 2021-10-06 sanasida arxivlangan). www.svenskfotboll.se. (in Swedish). Retrieved 2020-10-06.
{{cite web}}
: CS1 maint: url-status (link) - ↑ „Karl Corneliusson - Spelarstatistik - Svensk fotboll“ (sv). www.svenskfotboll.se.. 2021-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyul.„Karl Corneliusson — Spelarstatistik — Svensk fotboll“[sayt ishlamaydi]. www.svenskfotboll.se. (in Swedish). Retrieved 2020-10-06.
{{cite web}}
: CS1 maint: url-status (link) - ↑ „Karl Corneliusson - Spelarstatistik - Svensk fotboll“ (sv). www.svenskfotboll.se.. 2021-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyul.„Karl Corneliusson — Spelarstatistik — Svensk fotboll“ (Wayback Machine saytida 2021-10-06 sanasida arxivlangan). www.svenskfotboll.se. (in Swedish). Retrieved 2020-10-06.
{{cite web}}
: CS1 maint: url-status (link) - ↑ „Karl Corneliusson - Spelarstatistik - Svensk fotboll“ (sv). www.svenskfotboll.se.. 2021-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyul.„Karl Corneliusson — Spelarstatistik — Svensk fotboll“ (Wayback Machine saytida 2021-10-06 sanasida arxivlangan). www.svenskfotboll.se. (in Swedish). Retrieved 2020-10-06.
{{cite web}}
: CS1 maint: url-status (link) - ↑ „500 AIK:are - Karl Corneliusson“. www.aik.se. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.„500 AIK:are — Karl Corneliusson“. www.aik.se. Retrieved 2020-10-06.
- ↑ „Karl Corneliusson - Spelarstatistik - Svensk fotboll“ (sv). www.svenskfotboll.se.. 2021-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyul.„Karl Corneliusson — Spelarstatistik — Svensk fotboll“[sayt ishlamaydi]. www.svenskfotboll.se. (in Swedish). Retrieved 2020-10-06.
{{cite web}}
: CS1 maint: url-status (link) - ↑ „Malta - Sverige - Matchfakta - Svensk fotboll“ (sv). www.svenskfotboll.se. 2022-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyul.
- ↑ „500 AIK:are - Karl Corneliusson“. www.aik.se. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.„500 AIK:are — Karl Corneliusson“. www.aik.se. Retrieved 2020-10-06.
- ↑ „Matchens fanbärare: Karl Corneliusson“ (sv). AIK Fotboll. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.