Karl Ziegler
Karl Ziegler (1898. 26.11, Xelze - 1973.11.8) - nemis kimyogari. Marburg universitetini tugatgan (1920). Geydelberg universiteti professor (1927— 36), Galladagi Kimyo instituti direktori (1936— 43). Myunxendagi koʻmirni oʻrganish boʻyicha Kayzer Vilgelm instituti (1943—69), ayni vaqtda 1947-yildan Axendagi Oliy texnika maktabi direktori. Asosiy ilmiy ishlari organik kimyo va yuqori molekulyar polimerlar kimyosiga oid. Dinitrillarni siklizatsiyalab makrotsiklik ketonlar olish usulini topgan (1933) (Sigler reaksiyasi). Litiy-alkillar bilan nitrillarning oʻzaro taʼsiri natijasida iminonitrillar hosil boʻlishini kashf etgan (1934). Kyoni-ga tuzi — glutamin aldegid hosilalaridan azulenlar olish usulini ishlab chiqqan (1955). Nobel mukofoti laureati (1963; J. Natta bilan hamkorlikda)[1][2].
Manbalar
tahrir- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |