Karl yuragi (lotincha: Cor Caroli) Tozilar yulduz turkumidagi qoʻshaloq yulduzdir. Ushbu yulduz Tozilar yulduz turkumidagi birgina yorugʻ yulduz hisoblanadi.[1]

Cor Caroli 2011-03-01.jpeg

„Karl yuragi“ nomi ilk bora 1660-yilda Charles Scarborough tomonidan Alpha Canum Venaticorum yagona yulduzini tarkibga olgan yulduzlar turkumi nomi oʻlaroq taklif qilingan. Toʻliq koʻrinishi Kor Karoli Regis Martiris (Jafokash qirol Karl yuragi) boʻlib, yulduzlar turkumi 1649-yili Oliver Cromwell tomonidan qatl etilgan Charles I ga sharafiga atalgan. U hukmron qirol Charles II ning otasi hisoblanadi. Scarborough aynan huzurida faoliyat yuritgan. XVIII asr va undan keyingi davrlar astronomik atlaslarda notoʻgʻri nom — Charles II ning yuragi bilan ham kiritilgan. Yulduzlar turkumi XIX asr oxirigacha amalda boʻlgan. Keyinchalik, yulduzlar turkumi emas, degan xulosaga kelingach, Alpha Canum Venaticorum shu nom bilan atalgan. Yulduz, shuningdek, afsonaviy Arkada itlarining nomlari — Asterion va baʼzida Xara (Chara) nomlari bilan ham atalgan.[2][3]

Fizik xususiyatlariTahrirlash

Ikkilik tizimning asosiy yulduzi (α2 Canum Venaticorum) — bu issiq koʻk-oq tusli, A0pe spektral tasnifidagi asosiy uzviylik yulduzi boʻlib, kremniy, yevropiy va simobning anomal ravishda kengaygan spektral chiziqlariga ega. Yulduz oʻzgaruvchan yulduzlar sinfining prototipi hisoblanadi va α2 Canum Venaticorumning oʻzgaruvchan turidir. Uning oʻzgaruvchanligining sababi — aylanishi va Quyoshnikidan 100 marta kuchli boʻlgan magnit maydonidir. Bu yulduzning fotosferasida ulkan dogʻlar va turli tumanligini keltirib chiqaradi. α2 Canum Venaticorum shuʼlasining kuchi 5,47 kunlik davr bilan +2,84 m dan +2,94 m gacha oʻzgarib turadi.[4][5]

Tizimning ikkinchi komponenti asosiy komponentdan 19,6" burchak masofasida asosiy ketma-ketlikda joylashgan sargʻish tusli mitti fazoviy jismdir.[6][7]

AsterizmlarTahrirlash

Karl yuragi Arcturus, Spica va Denebola yulduzlari bilan birgalikda „Parizod burjining olmosi“ asterizmiga kiradi.

ManbalarTahrirlash

  1. „IAU Catalog of Star Names“. Qaraldi: 28-iyul 2016-yil.
  2. Ducati J. R. Catalogue of Stellar Photometry in Johnsonʼs 11-color system (angl.) — 2002. — Vol. 2237.
  3. Zorec J., Royer F. Rotational velocities of A-type stars. IV. Evolution of rotational velocities // Astron. Astrophys. / T. Forveille — EDP Sciences, 2012. — Vol. 537. — P. 120-120. — 22 p. — ISSN 0004-6361; 0365-0138; 1432-0746; 1286-4846 — doi:10.1051/0004-6361/201117691 — arXiv:1201.2052
  4. alf 2 CVn, database entry, The combined table of GCVS Vols I—III and NL 67-78 with improved coordinates, General Catalogue of Variable Stars, Sternberg Astronomical Institute, Moscow, Russia. Accessed on line November 2, 2009.
  5. Royer F., Grenier S., M.-O. Baylac, Gómez A. E., Zorec J. Rotational velocities of A-type stars in the northern hemisphere. II. Measurement of v sin i // Astron. Astrophys. / T. Forveille — EDP Sciences, 2002. — Vol. 393, Iss. 3. — P. 897—911. — ISSN 0004-6361; 0365-0138; 1432-0746; 1286-4846 — doi:10.1051/0004-6361:20020943 — arXiv:astro-ph/0205255
  6. Boesgaard A. M., Tripicco M. J. Lithium in early F dwarfs (angl.) // The Astrophysical Journal Letters — IOP Publishing, 1986. — Vol. 303. — P. 724-739. — ISSN 2041-8205; 2041-8213 — doi:10.1086/164120
  7. Royer F., Zorec J., Gómez A. E. Rotational velocities of A-type stars. III. Velocity distributions // Astron. Astrophys. / T. Forveille — EDP Sciences, 2007. — Vol. 463, Iss. 2. — P. 671-682. — ISSN 0004-6361; 0365-0138; 1432-0746; 1286-4846 — doi:10.1051/0004-6361:20065224 — arXiv:astro-ph/0610785