Astronomiya portaliga
xush kelibsiz!

Astronomiya (qadimgi yunonchadan ἄστρον — „yulduz“, „yoriitqich“; νόμος — „qonun“) — koinot jismlari va ularning sistemalari paydo boʻlishini, taraqqiyoti va tuzilishini, koʻrinma va haqiqiy harakatlarini, kimyoviy tarkibi va fizik holatini, koinotning bir butun umumiy qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. Astronomiya yulduzlar, sayyoralar va ularning yoʻldoshlarini, sayyoralararo va yulduzlararo mayda jismlarni, gaz va chang tuman liklarini, ulardagi fizikaviy muhitni, sunʼiy kosmik jismlarni (vaziyatlari, harakatlari, orbitalarini) oʻrganadi, shuningdek osmon jismlarini kuzatish natijalarini insonning moddiy hayotiy talablariga qoʻllash usullarini ishlab chiqadi. Jumladan, vaqtni aniqlash, joyning koordinatalarini topish, sayyoralarning harakatini, sunʼiy yoʻldoshlarni kuzatish asosida tekshirish va uning asosida zilzilalar qonuniyatlarini oʻrganish, kosmik apparatlarni koinot jismlariga nisbatan oriyentirlash va boshqa qator ishlar shular jumlasiga kiradi. Davomi...

Tanlangan maqola

Katta Magellan Bulutidagi yulduz yaratuvchi mintaqa. NASA/ESA surati.

Yulduz gravitatsiya bilan bogʻlangan yorqin plazma sharidir. Hayotining oxirida yulduz shuningdek degenerat moddani ham oʻzi ichiga olishi mumkin. Yerga eng yaqin yulduz Quyoshdir, u Yerdagi energiyaning asosiy manbai hamdir. Boshqa yulduzlar, atmosfera hodisalari toʻsiq boʻlmasa, Yer sirtidan qoʻzgʻalmas yorugʻ nuqtalar boʻlib koʻrinadi. Tarixan osmon sferasidagi yorqin yulduzlar turkum va asterizmlarga toʻplantirilgan, eng yorqinlariga nomlar ham berilgan. Astronomlar yulduzlar haqidagi maʼlumotlarni zijlarga yigʻishgan.

Hayotining kamida biror qismida yulduz yadrosidagi vodorod termoyadroviy reaksiyasi energiyasi nurlanishi hisobiga charaqlaydi. Geliydan ogʻir deyarli barcha tabiiy kimyoviy unsurlar yulduzlar nurlanishi yoki portlashidagi nukleosintez tufayli yuzaga kelgan. Astronomlar yulduz massasi, yoshi, kimyoviy tarkibi va boshqa xossalarini uning spektri, yorqinligi va fazodagi harakatini kuzatib aniqlay olishadi. Yulduz massasi uning evolutsiyasi va taqdirini belgilovchi bosh mezondir. Yulduzning boshqa xarakteristikalari uning oʻtmishi, diametri, aylanishi, harakati va harorati orqali aniqlanadi. Yulduz haroratining uning yorqinligiga nisbati jadvali, yoki Hertzsprung–Russell diagrammasi (H-R diagramma), yulduz yoshi va evolutsiyaviy holatini bilishga yordam beradi.

Davomi...

Tanlangan tasvir


VikiLoyihalar

Aloqador portallar


Keshni tozalash