Geliy (He)
Atom raqami 2
Koʻrinishi rangsiz, taʻmsiz va hidsiz inert gaz
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
4.002602 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi n/a pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
2361.3(24.47) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi 1s2
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi n/a pm
Ion radiusi 93 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
4.5
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 0
Termodinamik xossalari
Zichlik 0.147 (-270 °C da) g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 5.188 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 0.152 Vt/(m·K)
Erish harorati 0.95 (2.5 MPa da) K
Erish issiqligi n/a kJ/mol
Qaynash harorati 4.216 K
Qaynash issiqligi 0.08 kJ/mol
Molyar hajm 31.8 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi geksagonal
Panjara davri 3.570 Å
Panjara/atom nisbati 1.633
Debye harorati n/a K
2
Geliy
4,002602
1s2

Geliy (lotincha: Helium), He – Mendeleyev davriy sistemasining sakkizinchi guruh kimyoviy elementi, tartib raqami 2, atom massasi 4,0026, rangsiz va hidsiz gaz. Tabiiy Geliy ikki izotop aralashmasidan iborat (3He, 4He). 1868-yilda fransuz astronomi Geliy Jansen va ingliz astronomi Geliy Lokyer quyosh spektrida yangi sariq chiziqni aniqladilar. U oʻsha vaqgda maʼlum boʻlgan elementlar chizigʻiga sira oʻxshamasdi. Bu nomaʼlum elementga Geliy deb nom berildi (yun. helios – quyosh). 1895-yilda ingliz kimyogari Geliy Ramzay Geliyni radioaktiv kleveit mineralidan olishga muvaffaq boʻldi. Kleveitni qizdirilganda ajralib chiqqan gaz spektrida ham oʻsha chiziq bor edi. Yerda Geliy juda kam: 1 havoda bor-yoʻgʻi 5—24 , 1 kg yer moddasida 0,003 mg Geliy bor. Geliy fazoda eng koʻp tarqalgan elementlardan biri (vodoroddan keyin 2-oʻrinda turadi). Kosmos massasining deyarli 23% i Geliydan iborat. U hajm jihatidan yer atmosferasining 0,0005% ini tashkil etadi. Yer yuzida Geliy asosan Yer poʻstidagi radioaktiv elementlar (kleveit, monatsit va torianit) tarkibida uchraydi. Geliy sanoat miqyosida tabiiy gazlardan va neft gazlarining uglevodorodli yoki azotli birikmalaridan olinadi. Koʻpgina neft va gaz konlarida tabiiy Geliy zaxiralari bor. Yer yuzidagi Geliyning asosiy qismini 4Ne tashkil etadi. 4He uran, toriy kabi radioaktiv elementlarning parchalanishidan hosil boʻladi. 3He juda oz miqdorda uchraydi. Tarkibida 2 g uran va 10 g toriy tutgan 1 t granit radioaktiv parchalanganda 1 mg Geliy ajralib chiqadi. Atmosferada vodorodning ogʻir izotopi tritiy (T) parchalanganda 3He hosil boʻladi. Geliy normal sharoitda bir atomli gaz. Zichligi 0,17846 g/l, qaynash temperaturasi – 268,9°. Geliy normal bosimda har qancha sovitilganda ham suyuq holatini saqlay oladigan yagona modda. Geliy 2,5 MPa bosim ostida kristallanadi. Issiqlik oʻtkazuvchanligi 0,1437 Vt/(m. K.). Geliy atomining radiusi 0,85 dan 1,33 Ye gacha. 20° da 1 l suvda 8,61 /l, etanodda 3 /l Geliy eriydi. 4He izotoplaridan iborat suyuq Geliyning ajoyib xossalari bor. U tarkibida Geliy boʻlgan tabiiy gazlardan olinadi. Geliyning inertlik xossasidan metallarni qirqishda, payvandlash va oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda foydalaniladi. Geliyning yonmasligi va zichligining kichikligi stratostatlarni toʻldirishda qoʻl keladi. Geliy yuqori issiqlik oʻtkazuvchanligi, kimyoviy inertligi, yadro reaksiyasidagi neytronlar bilan deyarli reaksiyaga kirishmasligi tufayli atom reaktorlarini sovitishda qoʻllaniladi. Suyuq holdagi Geliy yer yuzidagi eng sovuq suyuqlikdir, u turli ilmiy tekshirishlarda sovutkich sifatida ishlatiladi[1] .

Manbalar tahrir

  1. „Geliy“ OʻzME. G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil