Nuvola apps kalzium.svg
Fan portaliga
Xush kelibsiz!

Fandunyo haqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bogʻliq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli — olamning ilmiy manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham oʻz ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. Fanning bevosita maqsadi oʻzining urganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini taʼriflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir. Davomi...

Portal Bosh sahifa CaféMunozara sahifasi


Biologiya

Biologiya (yunoncha: βίος — bios, „hayot“ va λόγος — logos, „bilim“) — hayot va u bilan bogʻliq masalalar tadqiqoti. U empirik fanning jonli organizmlarning tuzilishi, funksiyalari, oʻzgarishi, kelib chiqishi, evolutsiyasi va oʻlishini oʻrganuvchi sohasidir. U turli organizmlarni saralaydi, ularning ishlashini, turlarning paydo boʻlishini, ularning oʻzaro va atrof-muhit bilan munosabatlarini tasvirlaydi. Biologiya botanika, zoologiya, fiziologiya kabi turli ostsohalarga boʻlinadi. Biologiya tirik tabiat toʻgʻrisidagi bilimlar tizimini birlashtiruvchi fan sifatida namoyon boʻladi. Chunki bu fanda ilgari oʻrganilgan dalillar tarixiylik nuqtai nazaridan maʼlum tizimlarga keltiriladi va ularning yigʻindisi organik olamning asosiy qonuniyatlarini aniqlashga imkon yaratadi. Ana shu qonuniyatlar asosida tabiatdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Hozirgi kunda biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalanib kelinmoqda. Bularga kuzatish, taqqoslash, tarixiy va eksperimental usullar kiradi.

Davomi...

Aloqador portallar

Tanlangan tasvir

Paranal rasadxonasi. Cerro Paranal togʻi, Chili


Albert Einstein

Albert Einstein Head.jpg

Albert Einstein (14-mart, 1879 — 18-aprel, 1955) — nemis va yahudiy fizik-nazariyotchisi. Einsteinning maktabda matematikadan imtihonlardan yiqilgani va ikkichi boʻlgani haqidagi asotirlar rost emas. Aslida u 12 yoshgacha matematika maktab kursini oʻrganib olgan, keyin ota-onasi unga boshqa, murakkabroq kitoblar berishgan. 15 yoshida Einstein differensial va integral algebrani yaxshi bilar edi. Uning matematikadan goʻyoki oqsaganini Robert Ripley 1935-yilgi gazeta maqolasi uchun toʻqib chiqargan. U nisbiylik nazariyasi asoschisi, maydon kvant nazariyasi va statistik fizika asoschilaridan biri. Syurix politexnikumini tugatgan. Syurix universiteti (1909) va Berlin universiteti Bavariya Fanlar akademiyasi fizika instituti direktori (1914-1933). 1933-yildan to umrining oxirigacha AQShdagi Prinston institutida ishlagan.

Davomi...


Purge server cache