Karma
Karma (sanskritcha — harakat, faoliyat) — hind dinlari (hinduiylik, buddizm, jaynizm) va falsafasining asosiy tushunchalaridan biri. Sansara tushunchasini toʻldiradi. Keng maʼnoda— har qanday tirik mavjudot tomonidan qilingan xatti-harakatlar va ularning oqibatlari majmui boʻlib, tirik mavjudotning yangitdan tugʻilish, qayta mujassamlanish xususiyatini belgilaydi. Tor maʼnoda — hozirgi va kelgusidagi mavjudlik harakteriga xattiharakatlarning koʻrsatadigan taʼsiri.[1]
Manbalar
tahrirHinduizm karmani insonning aqliy yoki jismoniy harakati va bu harakatdan keyingi oqibatlar oʻrtasidagi munosabat sifatida belgilaydi . Shuningdek, u insonning hozirgi va oldingi hayotidagi barcha harakatlarning oqibatlarini va axloqdagi sabab va taʼsir zanjirni anglatadi.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |