Karmana qalay koni
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Karmana qalay koni - Karmanadan 15 km jan.da, Ziyovuddin togʻi etaklarida joylashgan. 1956-yilda ochilgan. Qalay miqdori va zaxirasiga koʻra kichik kon. K.q.k. gidrotermal genetik turga mansub boʻlib, kembriygacha boʻlgan togʻ jinslari ichida hosil boʻlgan. Ruda tarkibida kumush, oltingugurt, vismut, qoʻrgʻoshin, surma uchraydi. Kvars sulfidli (kassiterit, arsenopirit, pirit va b.) rudalarning togʻ jinslari ichida oʻta murakkab shakllarda joylashganligi va qalay miqdorining oʻzgaruvchanligi kon maydonida geologiya-razvedka ishlarining toʻxtatilishiga sabab boʻldi. Shu atrofda qalay konlari qadim vaqtlardan maʼlum boʻlgan. Qarnob, Lapas, Semizquduq va b. qalay konlarida oʻrta asrlarga mansub konchilik ishlarining qoldikdari (gʻorsimon oʻyiklar, moychiroq, yogʻoch tirgovuchlar va hokazo) saqlangan.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |