Karne Marsel (1909.18.8 — Parij — 1996) — fransuz kinorejissyori. Psixologik drama "Jenni" (1936) uning birinchi mustaqil filmi. K. ning asosiy ijodiy mavzusi — dunyoning omonat, bekarorligi va insonning adovatli dunyodagi boshpanasiz, yolgʻizlik fojiasi boʻlib, bu mavzu "Qirgʻoqdagi tuman", "Kechki mijozlar", "Rayka bolalari", "Tartib oʻrnatish qotillari" kabi filmlarida namoyon boʻldi. "Julyetta yoki tush koʻrishga topilgan Kalit", "Tereza Raken", "Yolgʻonchilar" va b. harbiy yillardan keyin suratga olingan eng yaxshi filmlaridir.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil