Karol Mets (estoncha talaffuzi: [ˈkɑrol mets]; 1993-yil 16-mayda tugʻilgan) — estoniyalik professional futbolchi. U Shveysariyaning Zürich klubi va Estoniya terma jamoasida markaziy himoyachi yoki yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Karol Mets
Mets 2021-yilda CSKA Sofia uchun o‘ynamoqda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 16-may 1993-yil (1993-05-16) (31 yosh)
Tavallud joyi Viljandi, Estoniya
Boʻyi 1.91 m
Ampluasi Markaziy himoyachi, yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Zürich
Raqami 28
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2009 Tulevik
2011 Flora
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2010 Tulevik II 51 (4)
2010 Warrior 4 (1)
2010—2014 Flora 115 (7)
2011—2012 Flora II 19 (3)
2014—2017 Viking 72 (0)
2017—2019 NAC Breda 40 (1)
2019—2020 AIK 46 (2)
2020—2021 Al-Ettifaq 23 (0)
2021—2022 CSKA Sofia 12 (0)
2022— Zürich 10 (1)
Milliy terma jamoa
2009 Estoniya 17 yoshgacha 8 (0)
2010 Estoniya 18 yoshgacha 1 (0)
2010—2012 Estoniya 19 yoshgacha 32 (0)
2012—2014 Estoniya 21 yoshgacha 20 (0)
2013— Estoniya 80 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 8-may uchun)

Klubdagi faoliyati

tahrir

Tulevik

tahrir

Mets Tulevik yoshlar tizimi orqali futbolchilik faoliyatini boshlagan va klubning oʻrinbosarlar jamoalari Tulevik II hamda Warrior safida oʻynagan.

2010-yilning noyabr oyida Mets mavsumoldi mashgʻulotlari uchun Flora klubining birinchi jamoasiga kiritildi[1]. U klubdagi debyutini 2011-yilning 1-martida Estoniya Superkubogi uchun o‘yinda Levadiaga qarshi o‘tkazdi. Flora penaltilar seriyasida 5:3 hisobida gʻalaba qozondi. Mets Meistriliigadagi debyutini 2011-yilning 2-aprelida Kuressaare ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonganida oʻtkazgan edi. Tez orada u oʻzini Karl Palatu bilan birga Floraning birinchi tanlov oʻyinchilari sifatida koʻrsatdi. Mets Floraga 2011-yilda Meistriliiga chempionligini qoʻlga kiritishga yordam berdi[2].

Viking

tahrir

2014-yilning 5-dekabrida Mets Norvegiyaning Viking klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[3]. U Tippeligaenda debyutini 2015-yilning 6-aprelida, safarda oʻtkazdi va Viking bu oʻyinda Mjondalenga 1:0 hisobida yutkazdi[4].

NAC Breda

tahrir

2017-yilning 31-iyulida Mets Eredivisiening NAC Breda klubiga uch yillik shartnoma asosida nomaʼlum toʻlov evaziga qoʻshildi, mish-mishlarga koʻra, toʻlov taxminan 100 000 yevroni tashkil etadi[5]. Mets Eredivisieda debyutini 2017-yilning 12-avgustida Vitessega safarda 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lganda oʻtkazdi va o‘shanda Arno Verschurenning o‘rniga o‘yinning yarmida maydonga tushgan. Mets NAC Breda uchun birinchi golini 2017-yil 20-sentyabrda, KNVB kubogining birinchi bosqichida Axilles '29 darvozasiga kiritdi va Breda oʻyinda 3:4 hisobida yutkazdi[6].

2019-yilning 14-martida Mets Shvetsiya chempioni AIK bilan 300 000 yevro evaziga uch yillik shartnoma imzoladi[7]. U Allsvenskandagi debyutini 2019-yilning 31-martida maydonida Östersundga qarshi o‘yinda (0:0) o‘tkazdi[8].

Al-Ettifaq

tahrir

2020-yilning 2-oktyabrida Mets Saudiyaning Al-Ettifaq klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi[9].

CSKA Sofia

tahrir

2021-yilning 10-avgustida Mets Bolgariyaning CSKA Sofia klubi bilan 2021—2022-yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi[10].

FC Zürich

tahrir

2022-yilning 7-yanvarida Mets Shveysariyaning Zürich klubi bilan 2024-yilning iyunigacha shartnoma imzoladi[11].

Xalqaro faoliyati

tahrir
 
Mets 2012-yilgi UEFA U-19 Yevropa chempionatida Portugaliyaga qarshi oʻyinda

Mets Estoniyani 17 yoshgacha, 18 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan darajalarda himoya qildi. U 2012-yilda Estoniyada bo‘lib o‘tadigan 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati uchun Estoniya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. Mets guruh bosqichidagi har bir o‘yinda maydonga tushdi, biroq Estoniya Portugaliya, Gretsiya va Ispaniyaga qarshi uchta o‘yinda ham mag‘lub bo‘lgani uchun u jamoaning yarim finalga chiqishiga yordam bera olmadi.

Mets Estoniya terma jamoasi safida debyutini 2013-yilning 19-noyabrida Lixtenshteynga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 3:0 hisobida g‘alaba qozonganida oʻtkazgan edi[12].

Faoliyat statistikasi

tahrir
2021-yil 20-dekabr holatiga ko‘ra[13][14][15][16]:
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Divizion Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Tulevik II 2009 Esiliiga 28 3 3 0 1 0 32 3
2010 II liiga 23 1 23 1
Jami 51 4 3 0 1 0 55 4
Warrior 2010 Esiliiga 4 1 0 0 0 0 4 1
Flora 2011 Meistriliiga 16 1 3 1 0 0 3 0 22 2
2012 Meistriliiga 32 4 3 0 2 0 0 0 37 4
2013 Meistriliiga 32 2 4 0 2 0 38 2
2014 Meistriliiga 35 0 3 2 0 0 38 2
Jami 115 7 13 3 4 0 3 0 135 10
Flora II 2011 Esiliiga 17 1 0 0 17 1
2012 Esiliiga 2 2 0 0 2 2
Jami 19 3 0 0 19 3
Viking 2015 Tippeligaen 28 0 6 0 34 0
2016 Tippeligaen 29 0 3 0 32 0
2017 Eliteserien 15 0 2 0 17 0
Jami 72 0 11 0 83 0
NAC Breda 2017—2018 Eredivisie 25 0 1 1 26 1
2018—2019 Eredivisie 15 1 1 0 16 1
Jami 40 1 2 1 42 2
AIK 2019 Allsvenskan 26 1 0 0 26 1
2020 Allsvenskan 20 1 5 0 8 0 33 1
Jami 46 2 5 0 8 0 59 2
Ettifaq 2020—2021 Pro liga 23 0 1 0 24 0
CSKA Sofia 2021—2022 Bolgariya birinchi ligasi 12 0 2 0 0 0 0 0 14 0
Faoliyati jami 382 17 37 4 12 0 4 0 427 22

Xalqaro

tahrir
2018-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra[17]:
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Estoniya 2013 1 0
2014 13 0
2015 9 0
2016 13 0
2017 9 0
2018 7 0
Jami 52 0

Yutuqlari

tahrir

Flora

  • Meistriliiga: 2011
  • Estoniya kubogi: 2012—2013
  • Estoniya Superkubogi: 2011, 2012

Zürich

  • Shveysariya Super ligasi: 2021—2022

Estoniya

  • Boltiqboʻyi kubogi: 2021

Individual

  • Estoniyada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2014

Manbalar

tahrir
  1. „Flora alustab hooajaks ettevalmistumist detsembri keskel“ (et). Postimees (2010-yil 29-noyabr).
  2. „FC Flora kindlustas 2011. aasta meistritiitli“ (et). Estonian Football Association (2011-yil 1-noyabr).
  3. „Karol Mets liitub Norra kõrgliigaklubiga“ (et). ERR Sport (2014-yil 5-dekabr).
  4. „Karol Mets alustas esimest välismaa hooaega põhimehena“ (et). ERR Sport (2015-yil 6-aprel).
  5. „Asi kindel: Eesti jalgpallikoondislane siirdub Hollandi kõrgliigasse“ (et). Postimees (2017-yil 31-iyul).
  6. „Mets avas Hollandis väravaarve, kuid Breda sai šokeeriva kaotuse“ (et). ERR Sport (2017-yil 20-sentyabr).
  7. „Karol Mets liitus Rootsi valitseva meisterklubiga“ (et). ERR Sport (2019-yil 14-mart).
  8. „Mets tegi Rootsis pea 30 000 inimese ees eduka debüüdi“ (et). ERR Sport (2019-yil 1-aprel).
  9. „الاتفاق يدعم صفوفه بمدافع المنتخب الاستوني“ (2020-yil 10-oktyabr). 2022-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
  10. „ЦСКА привлече естонски национал“ (bg). cska.bgcska.bg. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
  11. Zürich (2022-yil 7-yanvar). „FC Zurich sign center-back Karol Mets“. Press-reliz. 18-iyun 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
  12. „Eesti võitis Liechtensteini 3:0“ (et). Estonian Football Association (2013-yil 19-noyabr).
  13. „Karol Mets“ (et). Estonian Football Association.
  14. „Karol Mets“ (no). Football Association of Norway.
  15. Karol Mets Soccerway saytida
  16. Karol Mets National-Football-Teams.com saytida
  17. „Karol Mets“ (et). Estonian Football Association.