Karrali birliklar — qabul qilingan fizik birliklardan muayyan butun son (10, 100 va hokazo) marta katta birliklar. Xalqaro birliklar tizimi SI da K. b. nomini hosil qilish uchun har xil kattalikdagi ushbu old qoʻshimchalar qabul qilingan; deka (da, da) — 10’; gekto (g , h) — 102; kilo (k, k) - 103; mega (M) - 106; giga (G, G) - 109; tera (T) - 1012; peta (P, R) - 10’5; eksa (E, Ye) — 10". Mas, dekalitr — (10 l), megavatt (106 Vt), teranyuton (1012 N) va b. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil