Karter

porshenli mashina, tishli uzatmalar va b.dagi metall quti. K. ichiga val, oʻq va b. detallar joylashtiriladi, unga silindrlar va turli agregatlar mahkamlanadi

Karter (ing . Carter) — porshenli mashina, tishli uzatmalar va b.dagi metall quti. K. ichiga val, oʻq va b. detallar joylashtiriladi, unga silindrlar va turli agregatlar mahkamlanadi. Avtomobil va aviatsiya dvigatellarida K. shatunlar va tirsakli vallarni shikastlanish, ifloslanish hamda changdan himoya qiladi. K.ning tub qismi motor moylari uchun idish boʻlib xizmat qiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil