Kartina (rus.) — mustaqil badiiy qiymatga ega boʻlgan rangtasvir asari. Rassomlik sanʼatining boshqa asarlari (etyud, eskiz)dan farqli oʻlaroq mukammal, yakunlangan boʻladi hamda freska, kitobat sanʼati (jumladan, miniatyura)ga oʻxshab maʼlum interyer, maydon, sath yoki badiiy bezak tizimlari bilan bogʻlanmaydi, mustaqilligi bilan ulardan farqlanadi. K. asos (mato, yogʻoch yoki metall taxta, karton, qogʻoz), grunt va boʻyoklar qatlamidan iborat. K. tasviriy sanʼat (dastgohli sanʼat)ning eng xos turlaridan. [1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil