Karton (tasviriy sanʼatda) — yirik hajmli (baʼzan boʻyalgan) rasm; kelajakda yaratiladigan asar — freska, mozaika, vitraj, shpaler hajmida qogʻoz (baʼzan yupqa mato)ga koʻmir, sangina yordamida ishlanadi. Bezak mujassamotini devorga koʻchirishda K. chizigʻi teshib chiqiladi. K. Uygʻonish davri va 17-—18-asrlar Yevropa rassomlari ijodida keng tarqalgan. Buyuk rassomlar (Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo va b.) yaratgan koʻplab K.lar alohida yuksak sanʼat asari sifatida tan olinadi. Oʻzbekistonda monumentalist rassomlar (Ch. Ahmarov, R.Xudoyberganov va b.) ham K. yaratgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil