Kartoshkagul
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kartoshkagul, georgina(Dahlia) — murakkabguldoshlarga mansub manzarali koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik. Barglari patsimon kertikli. Poyasi kovak, moʻrt, boʻyi 35—200 sm. Ildizi kartoshkali. Toʻpguli turli rangdagi juda koʻp tilsimon va naychasimon gullardan iborat. Meksika va Gvatemaladan tarqalgan. 15tacha yovvoyi turi maʼlum. Yevropada 18-asr oxirlarida oʻstirila boshlagan. 8000 dan ortiq navi bor. Ekiladigan xilma-xil K. (D. variabilis) gulining barcha mavjud tur-xillari shartli ravishda 3 guruhga (guli qat-qatmas, yarim qatqat va qat-qat) boʻlinadi. Toʻpgulining tashqi bir qatori tilsimon gullardan, qolgan qismii esa naychasimon gullardan iborat va pionsimon boʻlganlari yarim qat-qat K.ga, toʻpguli sharsimon va xrizantemasimon boʻlganlari qat-qat gulli K.ga kiradi. Toʻpgullari 3—35 sm kattalikda. K. qalamchalaridan, kartoshkasi boʻlakchalaridan va ahyonda urugʻidan koʻpaytiriladi. Erta bahorda ekiladi. K. iyul—sent.da gullaydi. Kuzgi qorasovuqlardan keyin kartoshkasi (tuganagi) qazib olinadi, quritiladi va quruq qorongʻi xonalarda 4—5° haroratda saqlanadi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |