Enrico Caruso

(Karuzo Enrikodan yoʻnaltirildi)

KARUZO (Caruso) Enriko (1873.24.2 -Neapol — 1921.2.8) — italyan xonandasi (tenor), belkanto sanʼatining yirik namoyandasi, jahon opera ijrochiligining atoqli vakillaridan. Yoshligida cherkov xoriga qatnashgan. 1894—1901-yillarda Italiya va Qohira opera teatrlarida ishlagan, 1903-yildan "Metropoliten-opera" (Nyu-York) teatrining yakkaxoni. 1898-yildan Jan. va Shim. Amerika hamda Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Ijrosi — dramatik joʻshqinligi, serzavqligi hamda oʻzigagina xos samimiyligi bilan ajralib turadi. Hajmdan keng va kuchli, nihoyatda jozibali ovoz sohibi K. repertuaridan jami 80 dan optiq, opera partiyalari oʻrin olgan. Shu bilan birga K. mumtoz cherkov musiqasi asarlari, mumtoz romanslar, neapolitan va b. xalq qoʻshiqlarini nozik did bilan talqin etgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil