Kasablanka konferensiyasi (1943) — AQSH prezidenti F. Ruzvelt, Buyuk Britaniya bosh vaziri U.Cherchill va shu davlatlar oliy harbiy boshliqlarining 1943 yil yanvar dagi anjumani. Gitlerchilarga karshi shu ittifoqchilarning 1943 yilga moʻljallangan harbiy amaliyotlari muhokama qilingan. Kasablanka konferensiyasida mazkur ittifoqchilarning qoʻshinlarini Sitsiliyaga kiritish yuzasidan qaror chiqarilgan. Shim. Fransiyada 2-frontni ochish tadbirlari keyingi muddatga qoldirilgan. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil