Kashkaval — sigir va qoʻy sutidan tayyorlanadigan sariq pishloq[1]. Kashkavalning sirti teshiklarsiz va dogʻlarsiz silliq, teksturasi yarim qattiq. Somon rangli, yogʻliligi 25-32 %ni tashkil qiladi. Mazkur pishloqni tayyorlash uchun 6 oydan ortiq vaqt talab etiladi. Kashkaval qoʻshimchalarsiz yangi, tabiiy sutdan, mikroorganizmlar qatʼiy belgilangan nisbatda boʻlgan maxsus tanlangan bakterial starterdan ishlab chiqariladi. Bu koʻp jihatdan pishloqning pishishiga, uning oʻziga xos taʼmi va xushboʻyligiga bogʻliq.

Etimologiya tahrir

Kashkaval nomi italyancha Caciocavallo (cacio (pishloq) va cavallo (ot)[2] soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, dastlab biya sutidan tayyorlangan.

Tarqalishi tahrir

 
Vakuumli qadoqdagi kashkaval

Bolgariyada kashkaval „Vitosha“ nomi bilan sigir sutidan tayyorlanadi. U pishiriqlar va pitsa tayyorlashda ishlatiladi. Ruminiyada kashkaval sigir yoki qoʻy sutidan tayyorlanadi. Mazkur pishloqni mamaliga bilan birga dasturxonga tortish mumkin. Qovurilgan non boʻlaklarida qovurilgan kashkaval ham mashhur taom hisoblanadi[3]. Serbiyada kashkaval anʼanaviy ravishda qoʻy sutidan tayyorlanadi. Bu koʻrinishda u himoyalangan "Pirotskiy " brendi ostida ishlab chiqariladi.

Manbalar tahrir

  1. „Kashkaval“. 2017-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-iyun.
  2. Kashkaval — internatsionalniy sort — Sirniy Somele
  3. „Архивированная копия“. 2016-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-iyun.

Havolalar tahrir