Kashmiriy tili
Kashmiriy tili — kashmiriylar tili. Hindistondagi Jammu va Kashmir shtati aholisining rasmiy tili. Hinderon tillarining dard guruhiga mansub. Kashmir vodiysida tarqalgan. Bu tilda 7.1 million kishi gaplashadi (2011).[1][2] Kashmiriy tilida asl kashmiri, kashtavari, poguli, siraji, rambani dialektlari mavjud. Kashmiriy tilida 4 kelishik tizimi, 2 jins kategoriyasi bor; sintaksisi uchun gaplarning ergativ qurilishli boʻlishi harakterli. Hozirgi yozuvi arab alifbosiga asoslangan. Adabiy til uchun Kashmir, Srinagar shaharlari dialekti asos boʻlgan.[3]
Manbalar
tahrir- ↑ http://censusindia.gov.in/2011Census/Language-2011/Statement-1.pdf
- ↑ https://www.dawn.com/news/1410447
- ↑ "Kashmiriy tili" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil