Kaskar jangi (arab. معركة كسكر) Asuristonda (hozirgi Iroq) Arab xalifaligi va Sosoniylar imperiyasining kuchlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. Namoriq jangidan so‘ng mag‘lub bo‘lgan fors zodagonlari va Kaskar hokimi Narsiy[1] jonini saqlab qolish uchun o‘z mulkiga qochib ketadi. Musulmonlar ko‘p o‘tmay uning mulki tomon yurishadi va Narsiy uni himoya qilish uchun yo‘lga chiqadi. Uning qo‘shini qanotlariga Vistaxm, Vinduyix va Tiruyih ismli o‘g‘illari qo‘mondonlik qilishgan. Yana bir fors zodagoni Rustam Farruxzod ham sarkarda Jolinusni Narsiyga yordamga yuborgan, ammo u o‘z vaqtida yetib kela olmagan[2]. Jangda Narsiy qattiq mag‘lubiyatga uchragan, ammo u va uning qo‘mondonlari qochishga muvaffaq bo‘lishgan[2] . Jolinus ham tez orada musulmonlar bilan to‘qnash kelgan, lekin u ham mag‘lub bo‘lgan[2].

Sanalar 634-yil
Urush yeri Kaskar (Iroq)
Natija musulmonlar g‘alabasi
Raqiblar
Arab xalifaligi Sosoniylar imperiyasi
Qoʻmondonlar
Abu Ubayd Saqafiy

Arfaja ibn Harsama

Narsi

Jolinus

Vinduyih

Tiruyih

Manbalar tahrir

  1. Michael G. Morony, Iraq After the Muslim Conquest, 2005. (p. 157)
  2. 2,0 2,1 2,2 Pourshariati 2008, s. 213.