Namoriq jangi
Namoriq jangi (arab. معركة النمارق) (milodiy 634-yil) – hozirgi Kufa (Iroq) yaqinidagi Namoriq shahrida boʻlib oʻtgan musulmonlar va sosoniylar[1] oʻrtasidagi toʻqnashuv[2]. Abu Bakr xalifaligi davrida Musanno ibn Horisa va Xolid ibn Valid qoʻmondonligidagi musulmonlar Fors imperiyasining bir qismi boʻlgan al-Hirani zabt etishdi. Forslar gʻazablanib, al-Hirani musulmonlardan qaytarib olishga qaror qilishdi. Sosoniylarning mashhur sarkardasi Rustam Farruxzod ispahbudxonlar oilasidan bir qancha qarindoshlarini fors sarkardalari bilan birga yubordi. Xolid bin Valid allaqachon Suriyaga ketgan edi, shuning uchun Musanno yolgʻiz jang qilishga majbur boʻldi. Xalifa Umar Abu Ubaydni qo‘shimcha kuchlar bilan Musannoning huzuriga jo‘natdi. Keyingi jangda forslar magʻlubiyatga uchradilar.
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Arab xalifaligi | Sosoniylar imperiyasi | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Musanno ibn Horisa
Arfaja ibn Harsama |
Narsiy
Jobon Jushnasmah |
Manbalar
tahrir- ↑ Masudul, Hasan. History of Islam, Volume 1. Islamic Publications, 1987 — 109-bet.
- ↑ Mufti, M. Mukarram Ahmed. Encyclopaedia of Islam. Anmol Publications PVT. LTD., 2005. ISBN 978-81-261-2339-1.