Kassius Marselyus Kulidj
Kassius Marselyus Kulidj (1844-yil 18-sentabr — 1934-yil 13-yanvar) amerikalik rassom boʻlib, asosan oʻzining "Poker oʻynayotgan itlar" seriyali rasmlari bilan tanilgan. Oilasida „Kesh“ yoki „Kash“ nomi bilan tanilgan, u 19-asrda oʻz ishini koʻpincha bosh harflar bilan imzolagan, baʼzan kulgili chiqishi uchun ismini Kash Koolidge sifatida yozib qoldirgan.
Kassius Mersellyus Kulidj | |
Tavalludi | 18-sentyabr 1844-yil |
Vafoti | 13-yanvar 1934-yil (89 yoshda) Stayten Aylend, Nyu York[1] |
Millati | Amerikalik |
Sohasi | Illustratsiya, rassomchilik |
Dastlabki hayoti
tahrirKulidj Antverp shaharchasida (Nyu-York) abolitsionist Kvaker fermerlari oilasida tugʻilgan va Filadelfiya shahrida (Nyu-York) oʻsgan[1].
U rassom sifatida oz rasmiy taʼlim olgan.
Ijodi
tahrir1860-yillarning boshlarida oilaviy fermani tark etgandan soʻng, Kulidj koʻplab ish joylariga ega boʻlgan. 1868- va 1872-yillar orasida u dorixona va simvollar rassomi boʻlib ishlagan, bank va gazetaga asos solgan, keyin Antverpdan (Nyu-York) Rochesterga koʻchib oʻtgan va u yerda itlarni insonlarning holatlarida tasvirlashni boshlagan[2].
Kassius oʻzining sanʼat kariyerasini 20 yoshlarida boshlagan, uning mahalliy gazetalarga sketchlar tayyorab berishi dastlabki ishlaridan biri bo'lgan.
Komik yoʻnalishdagi suratlar
tahrirU „fondagi komik tasvirlar“ yaratuvchisi sifatida ularni patentlagan[3], bu rasmlar karikaturalangan tanasi bilan tasvirlangan tasvirchi Kulidj chizgan ikki tayoq ustidagi tuvalda yaratiladi, bunda tana bosh qismi ochiq qoladi, odamalr yuzlarini boʻshliqdan chiqarib kulgili fotosuratlarga tushishi mumkin edi[4]. Yakuniy mahsulotlar karnavallarda suratga olish moslamalari yordamida yaratilgan fotosuratlarda yaratila boshandi[5].
Seriyali suratlar
tahrirOʻsha paytda birinchi navbatda reklama taqvimlarini ishlab chiqaruvchi Brown & Bigelow reklama firmasiga koʻra Kulidj 1903--yilda firma bilan aloqalarini boshlagan. 1900-yillarning oʻrtalaridan 1910-yillarning oʻrtalarigacha Kulidj ular uchun oʻn oltita yogʻli boʻyoqda chizilgan rasmlarni yaratdi, ularning barchasidagi antropomorfik itlar, jumladan, "Poker oʻynayotgan itlar" seriyasining toʻqqizta surati [6] Kulidj ixtiro qilgan motif boʻlgan.
Buyurtma qilingan 16 ta rasm seriyasi va ularning mavzulari:
- Boʻydoq it — xat mutolaasi
- Jasoratli nayrang — poker
- Qasam libosining buzilishi — suddagi sinov jarayoni
- Kerakli doʻst — poker, xiyla ishlatish
- Uning bekati va toʻrt tuz — poker
- Dogvilldagi Yangi yil kechasi — bal oqshomidagi raqs
- Gʻalaba uchun bir zarba — beysbol
- Toʻrt tuz bilan xavotir — poker, noqonuniy garov
- Poker tarafdori — poker
- Yutuqddan soʻng -poker, doʻstonalik
- Qayta birlashuv - ichish va chekish, doʻstonalik
- Echkini minish - masoncha xohish
- Kasal doʻst bilan yonma-yon - poker, gender munosabatlar
- Lagerdagi notanish — poker, dam olish
- Garajgacha oʻn milya - sayohat, mashina muammosi, jamoaviy ish
- Vaterloo - poker
Auktsionlar tarixi
tahrir2006-yil 15-fevral kuni Kulidjning ikkita kartinasi, Brown & Bigelow tomonidan qo‘llanilgan rasmlarning asl nusxasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan Jasoratli nayrang va Vaterloo Doyl Nyu-Yorkdagi auktsioniga qo‘yildi. 30 000 dan 50 000 dollargacha sotilishi kutilayotgan bu juftlik 590 400 dollarga sotilgan. Natija avvalgi auktsion rekordidan 74 000 dollarlik oshib ketadi[7].
Kulidjning 1894-yilgi "Poker oʻyini" kartinasi 2015-yil 18-noyabrda Nyu-Yorkdagi Sotheby’s savdosida 658 000 dollarni sotib olingan[8].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Barry, Dan. „Artist's Fame Is Fleeting, But Dog Poker Is Forever“. The New York Times (2002-yil 14-iyun). Qaraldi: 2012-yil 6-dekabr.
- ↑ „Did You Know? Dogs Playing Poker (Painting)“. Santa Cruz Public Library (2007-yil 18-dekabr). 2010-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. (quoted at blog dogs (Wayback Machine saytida 2021-05-18 sanasida arxivlangan))
- ↑ Edwards. „Ever stick your face in a cutout? Meet the kitsch genius who invented them“. Vox (2015-yil 29-may). — „Coolidge notes that technically what we think of as comic foregrounds today were around before his version. But thanks to his patent — and the marketing gusto to make both versions successful — he became famous as the inventor.“.
- ↑ Cassius Marcellus Coolidge (1874), US149724A: Processes of Taking Photographic Pictures
- ↑ McManus, James. „Play It Close to the Muzzle and Paws on the Table“. The New York Times (2005-yil 3-dekabr).
- ↑ „Dogs Playing Poker“. Ooo Woo – Complete Dog Resource (2008). 2017-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 1-sentyabr.
- ↑ „'Dogs Playing Poker' sell for $590K“. Money.com. CNN (2005-yil 16-fevral). Qaraldi: 2006-yil 11-sentyabr.
- ↑ Jack. „That Dogs Playing Poker Painting Just Sold for Over $650,000“ (en). GQ (2015-yil 20-noyabr).
Bibliografiya
tahrir- Fredrickson, Gardner. Poker Dogs: The Life and Work of C. M. Coolidge. Writers' Collective, 2006. ISBN 978-1594110382.