Antropomorfizm (grekcha: ανθρωπος — „odam“ va grekcha: μορφή — „shakl“) yoki shaxslashtirish deb odam boʻlmagan mavjudot, hodisa yoki mavhum narsalarni odamsimon yoki odam xulqiga ega qilib tasvirlashga aytiladi. Masalan, antropomorfik asar va qarashlarda shamol, yomgʻir kabi tabiat hodisalari, xudo yoki vatan kabi mavhum konsepsiyalar odam kabi fikrlab, suhbatlashadi. Atama XVII asrda kiritilgan.[1][2]

Ezopning Shimol shamoli va quyosh ertagiga Milo Winter chizgan bezak. Unda shamolning odam kabi yuz-koʻzi bor va ogʻzidan havo puflab, yoʻlovchining kiyimini uchirib yubormoqchi.

Antropomorfizm (antropo … va yun. morphe — shakl, koʻrinish) — xudo hamda ilohiy kuchlarni, tabiatda-gi narsa, hodisalarni inson qiyofasida tasavvur qilish. A. qadimgi yunonlar dinida keng tarqalgan edi. Ularning tasavvuri-cha, xudolar insonga xos xususiyatlarga ega boʻlib, abadiy yashaydi. A. hozirgi zamon dinlarining koʻpiga xos boʻlsada, islom va iudaizm (yahudiy) dini uni tan olmaydi. Islomda xudoni insonga oʻxshatib tasavvur etish va odam qiyofasida rasmga tushirish man etilgan.[3]

Antropomorfizm ayniqsa ertak va mifologik hikoyalarda kuzatiladi. Kino va multfilmlarda ham shaxslashtirilgan hayvonlar (masalan, kiyim kiyib yuradigan boʻri va quyon) yoki hodisalar (cholgʻu ushlagan oʻlim) tasvirlanadi.

Manbalar tahrir

  1. Harper, Douglas „Online Etymology Dictionary“. Douglas Harper.
  2. „Merriam-Webster“. Merriam-Webster.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil