Kastri - Sent-Lyusiya davlati poytaxti. Sent-Lyusiya orolning shimoli-gʻarbida joylashgan. Aholisi 54,6 ming kishidan koʻproq (1990-yillar oʻrtalari). Dengiz porti (chetga banan, kakao, kokos yongʻogʻi va boshqa chiqariladi), aeroport bor. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar mavjud. Limon sharbati, rom, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil