Kat ovul madrasasi — Qarshi madrasasi. Kat ovul masjidi atrofiga qurilgan hujralardan iborat madrasa edi[1]. U toʻgrisida qozi Mir Maslahiddin arznomasida shunday maʼlumotlar uchraydi: „Bu ojiz banda hazrat sayyidimiz, sohibimiz va oliy hukmdorimizning aziz va muborak boshiga yuz minglab marta tasadduqlar boʻlsin. Muqaddas zotli, muborak sifatli oliy hukmdorimiz va sayyidimiz salomatligi uchun jonimiz nisor boʻlsin. Kat ovul guzari masjidi hujralari mudarrisi mulla Abdulloh, vafot etdi va uning dars oʻrni boʻsh qoldi. toʻxtab qoldi. Madrasani tugallagan mulla Olim ismli kishi ushbu oʻrinda dars berishni istab, duoguy gʻulomingiz huzuriga keldi va oʻz ahvolini bayon etib, janob oliy hazrat sayyidimizni duo qildi. U juda samimiy va duogoʻy moʻmin-qobil gʻulom ekan. Uning ilmini aniqlash va tekshirish uchun „Hidoya“yi sharifdagi „Salot“ kitobining „Imomat“ bobidan besh qator, „Nafana“ bobidan yigirma satrni oʻqish uchun berdim. U sarf va nahv qoidalariga amal qilgan holda oʻqib berdi. Duogoʻy gʻulomingizning fahmi ojizicha, mulla Olim savodli va talabalarga dars berishni uddalaydi. U mazkur mulla Abdullohning boʻsh qolgan oʻrniga oʻtishdan umidvor boʻlib, oliy hukmdorimizning hoqonona lutfi, xusravona marhamatiga va inoyatiga sazavor boʻlishi uchun janob oliy hazrat sayyidimizni duo qilgay. Bandaparvarim, tasadduqingiz boʻlay. Ushbu hujralar vaqfsizdir va dars oʻtuvchining maoshi tayin emas“. Kat ovul masjidining vaqfi boʻlgan ammo uning atrofidagi hujralar uchun vaqf ajratilmagan[2].

Madrasa
Kat ovul madrasasi

Kat ovul madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Qashqadaryo viloyati
Shahar Qarshi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Maqomi saqlanib qolmagan

Manbalar

tahrir
  1. Jumanazar A. K. Nasaf. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007 — 204-bet. 
  2. Ravshanov P. Qarshi tarixi. Toshkent: Yangi asr avlodi nashriyoti, 2006 — 639-bet.