Katalaza

oksidoreduktazalar sinfiga mansub ferment

Katalaza (yunoncha: katalysis – buzilish) – oksidoreduktazalar sinfiga mansub ferment. Vodorod peroksid (H2O2)ning suv (H2O) bilan kislorod (O2)ga parchalanishini katalizlaydi:

Suvning quyi konsentratsiyalarida katalaza quyi spirtlar, polifenollar va boshqalarni oksidlab peroksidazaga xos faollikni namoyon qiladi. Katalaza barcha hayvon va oʻsimliklar toʻqimalarida, asosan, sut emizuvchilar jigari va eritrotsitlarida hamda aerob mikroorganizmlarda mavjud. Molekular massasi 225000—248000 g/mol. Katalaza ingibitorlariga koʻpchilik tuzlar (mas, sulfidlar, sianidlar, azidlar, ftoridlar) kiradi. Katalazaning biologik funksiyasi toʻqima membranalarini H2O2 dan, superoksiddismutaza bilan birgalikda esa superoksid radikalidan himoya qilishdir. Odam eritrotsitlaridagi katalaza faolligini aniqlash tibbiyotda baʼzi kasalliklarga tashxis qoʻyishda qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil