Katarakta (yun. katarrhaktes — sharshara) — koʻz gavharining xiralanishi. Bunda koʻzga tushayotgan yorugʻlik nurlarining yoʻli qisman toʻsilib qolib, koʻz baʼzan koʻrmay qoladi. Koʻz gavharining qaysi qismi xiralashganiga qarab, Koʻzning quyidagi turlari farq qilinadi: old va orqa polyar K., xaltali K. (gavharni oʻrab turgan kapsulada boʻladi), ya d rol i (gavharning markazida boʻladi), urchuqsimon, qavatli yoki zonulyar, toʻliq plyonkasimon, koʻp shaklli, poʻstloq K.si (gavharning periferik qavatiga tushadi). Koʻz gavharida xiralanishning boshlanishi birlamchi K. deyilsa, gavharning yadrosi yoki K. massalari olingandan soʻng paydo boʻlgan xiralanish ikkilamchi K. deyiladi.

Katarakta
Sinonimlari Ranglar xiralashishi, xira koʻrish, yorugʻlik atrofida yogʻdu koʻrish, yorqin nurlardan bezovtalanish, tunda koʻrish qiyinlashishi
Mutaxassislik Oftalmologiya
Murakkablik Falling, depression, blindness[1][2]
Sabablari Qarish, travma, radiatsiya taʻsir qilish, koʻz jarrohligi
Tashxis usullari Koʻz imtihoni
Oldini olish Quyosh koʻzoynaklari, chekmaslik
Davolash Koʻzoynaklar, jarrohlik
Takrorlanishi 60 million (2015)[3]

Turlari

tahrir

Katarakta tugʻma va hayotda orttirilgan boʻladi. Ona qornida rivojlanayotgan homilaga turli tashqi (zaharlanish, gipova avitaminoz, nurlanish) va ichki (ona va bolaning rezus kelishmovchiligi) muhitlarning salbiy taʼsiri, homiladorlik vaqtida onaning turli kasalliklar, ayniqsa, yuqumli kasalliklar bilan ogʻrishi, shuningdek, nasldannaslga oʻtuvchi irsiy kasalliklar tugʻma kataraktaga sabab boʻladi. Bunda gavharning xiralashishi juda sekin rivojlanishi mumkin, ayrim bemorlarda umr boʻyi oʻzgarmaydi. Organizmda moddalar almashinuvining buzilishi, qand kasalligi, shuningdek, umumiy kasalliklar, koʻz shikastlanishlari va kasalliklari, yaqindan koʻrishning ogʻir shakli, yuqori temperaturada uzoq ishlash, turli zaharli moddalar va ionlashtiruvchi nurlar taʼsirida orttirilgan K. yuzaga keladi. Orttirilgan K.ning qarilik, travmatik va asoratli (glaukoma, iridotsiklit, qand kasalligi va b.ning asorati sifatida) turlari bor. Orttirilgan K.da vaqt oʻtishi bilan koʻz gavhari butunlay xiralashib qoladi. Qarilikdagi K. asta-sekin rivojlanadi, u koʻproq 55—60 yoshdan oshganlarda uchraydi. Qarilikdagi K. ning boshlanish, yetilmagan, yetilgan va yetilib oʻtib ketgan bosqichlari farq qilinadi, uning yetilgan davri hammada har xil, bu odatda, bemorning umumiy ahvoli va yoshiga bogʻliq. Operatsiya muddatini belgilashda kasallikning yetilgan bosqichi muhim. K.da dastlab bemorning kasal koʻzi oldi jimirlab, nuqta, chiziq va dogʻlar paydo boʻladi; yonib turgan lampa, shar yoki fonarga shu koʻz bilan Karaganda, u bir nechta boʻlib koʻrinadi. Bu — notekis xiralashgan koʻz gavharining nur sindirish xususiyati buzilishi oqibatida roʻy beradi. Koʻzning xira tortishi uning boshqa kasalliklarida ham kuzatiladi, shuning uchun, albatta, vrachga murojaat etish va kasallikni oʻz vaqtida aniqlash lozim. Dorilar bilan davolanadi yoki mikroxirurgiya, ultratovush yoki lazer nurlari yordamida operatsiya qilib xiralashgan koʻz gavhari olib tashlanadi.[4]

Manbalar

tahrir
  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Gim2011
  2. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named WHO2014
  3. GBD 2015 Disease and Injury Incidence and Prevalence, Collaborators. (8-oktabr 2016-yil). "Global, regional, and national incidence, prevalence, and years lived with disability for 310 diseases and injuries, 1990–2015: a systematic analysis for the Global Burden of Disease Study 2015.". Lancet 388 (10053): 1545–1602. doi:10.1016/S0140-6736(16)31678-6. PMID 27733282. PMC 5055577. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5055577. 
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir
Katarakta
 
KXK-10 H25-H26, H28, Q12.0
KXK-9 366
MedlinePlus 001001
eMedicine article/1210914