Kateřina Mrázová
Kateřina Mrázova (talaffuzi: Katerina Mrazova; 1992-yil 19-oktyabrda tugʻilgan) — chexiyalik xokkey hujumchisi va Chexiya terma jamoasi aʼzosi, hozirda Premer Xokkey Federatsiyasi (PHF) Connecticut Whaleda oʻynaydi[1]. 2013-yilda Boston Blades bilan chempionlikni qoʻlga kiritib, Clacson kubogini qoʻlga kiritgan birinchi Yevropa xokkeychisi va Milliy ayollar xokkey ligasida (NWHL; 2021-yilda PHF nomini oʻzgartirgan) gol urgan birinchi chexiyalik xokkeychi edi[2][3].
Kateřina Mrázová | ||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
19-oktyabr 1992-yil | |||||||||
Boʻyi | 1.63 m (5 ft 4 in) | |||||||||
Ogʻirligi | 64 kg (141 lb; 10 st 1 lb) | |||||||||
Pozitsiyasi | Markaz | |||||||||
Maydondagi joylashgan oʻrni | Chap | |||||||||
PHF Sobiq jamoalar |
Connecticut Whale Brynäs IF Minnesota Duluth Bulldogs Boston Blades SC Kolín U18 | |||||||||
Milliy jamoa |
![]() | |||||||||
Jamoalardagi faoliyat | 2008—hozirgacha | |||||||||
Medallari va yutuqlari
|
Faoliyati Tahrirlash
Kanada ayollar xokkey ligasida (CWHL) 2012-yilda kelgan. Bosh murabbiy Digit Murphy qoʻl ostida Boston Blades bilan oʻynadi. 2013-yilgi Clarkson kubogida jamoasi bilan muvaffaqiyat qozondi, kubokni qoʻlga kiritgan birinchi yevropalik boʻldi. 2018-yil 11-iyulda Mrázova NWHLning Connecticut Whale bilan shartnoma imzoladi[4]. Denisa Křížova bilan birga NWHLda oʻynagan ilk chex oʻyinchisilari boʻldi. Kateřina „kitlar“ safida 2018—2019-yilgi mavsumda 15 oʻyinda 12 ochko toʻpladi[5].
NWHLda bir yil oʻynadi. Keyin SDHLning Brynäs IF bilan shartnoma imzolash uchun Yevropaga qaytdi. SDHL debyut mavsumida 34 oʻyinda 51 ochko toʻpladi, liganing toʻrtinchi toʻpurari boʻldi va assistentlik boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi. 5 pley-off oʻyinida yana 10 ochko qoʻshib oldi, Brynäs yarim finalda Luleå HF/MSSKga magʻlub boʻldi[6].
Xalqaro Tahrirlash
U 18 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi IIHF uchta jahon chempionatida Chexiya sharafini himoya qildi va 2010-yilda mamlakat terma jamoasining sardor yordamchisi boʻldi.
Mrázova 2013-yilda IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Chexiyaga qarshi oʻynadi. Turnirda Chexiya birinchi marta Top-divizion darajasida ishtirok etdi. Chexlar ligaga tushib ketish bosqichida Shvetsiyaga yutqazgan boʻlsalar-da, Mrázova turnir davomida 2 ta golli uzatmani amalga oshirib, 2 ochko jamgʻardi.
U Chexiya bilan uchta olimpiya saralash turnirida qatnashdi, 2009-yilda uchta oʻyinda ikki ochko qoʻlga kiritdi va 2013-yilda uchta oʻyinda bitta gol urdi, mamlakat har ikkala saralashdan ham oʻta olmadi. Chexiyaning 2017-yilgi Olimpiya oʻyinlari saralash bosqichida uchta oʻyinda uch ochko toʻpladi, natijada mamlakat 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmadi.
Faoliyat statistikasi Tahrirlash
Xalqaro Tahrirlash
Izoh: GP=ishtirok, G=gol, A=assist, Pts=ball, PIM=qoidabuzarlikni anglatadi
Yil | Jamoa | Musobaqa | Natija | GP | G | A | Pts | PIM | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2008 | Chexiya U18 | WW18 | 5 | 1 | 2 | 3 | 6 | ||
2008 | Chexiya | OGQ | DNQ | 3 | 1 | 1 | 2 | 2 | |
2009 | Chexiya U18 | WW18 | 4 | 5 | 2 | 2 | 4 | 4 | |
2009 | Chexiya | WW D1 | 5 | 5 | 4 | 3 | 7 | 0 | |
2010 | Chexiya U18 | WW18 | 7 | 5 | 0 | 5 | 5 | 2 | |
2013 | Chexiya | OGQ | DNQ | 3 | 1 | 0 | 1 | 0 | |
2013 | Chexiya | WW | 8 | 5 | 0 | 2 | 2 | 0 | |
2014 | Chexiya | WW D1A | 1 | 5 | 1 | 2 | 3 | 4 | |
2014 | Chexiya | WWQ | DNQ | 3 | 0 | 1 | 1 | 6 | |
2015 | Chexiya | WW D1A | 1 | 5 | 3 | 4 | 7 | 2 | |
2017 | Chexiya | OGQ | DNQ | 3 | 0 | 3 | 3 | 0 | |
2017 | Chexiya | WW | 8 | 6 | 1 | 1 | 2 | 2 | |
2019 | Chexiya | WW | 6 | 5 | 1 | 2 | 3 | 2 | |
2021 | Chexiya | WW | 7 | 6 | 1 | 3 | 4 | 6 | |
2021 | Chexiya | OGQ | Q | 3 | 2 | 4 | 6 | 0 | |
2022 | Chexiya | OG | 7 | 5 | 1 | 0 | 1 | 4 | |
Yoshlar safida jami | 15 | 3 | 9 | 12 | 12 | ||||
Kattalar safida jami | 42 | 12 | 17 | 29 | 20 |
Manbala Tahrirlash
- ↑ „2019 IIHF Ice Hockey Women's World Championship – Team Roster: CZE - Czech Republic“. International Ice Hockey Federation (3-aprel 2019-yil). Qaraldi: 31-iyul 2022-yil.
- ↑ Staffieri. „Boston Blades making Beantown proud with historic Clarkson Cup victory“. Canadian Women's Hockey League (24-mart 2013-yil). 31-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-yanvar 2016-yil.
- ↑ Oliver. „The Whale's Mrazová: Opening Doors for Czech Women's Hockey“. The Hockey Writers (8-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 31-iyul 2022-yil.
- ↑ „Whale Sign Czech Republic National Team and U. of Minnesota Duluth Forward Katerina Mrázová“. NWHL.zone (11-iyul 2018-yil). 9-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-avgust 2018-yil.
- ↑ Murphy. „Kateřina Mrázová's magic hands“. The Ice Garden (20-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 31-iyul 2022-yil.
- ↑ Kågström. „Vann assistligan – nu förlänger hon med Brynäs“ (sv). HockeySverige (29-may 2020-yil). Qaraldi: 31-iyul 2022-yil.