Katenoid (lot, catena — zanjir va yun. eidos — koʻrinish) — zanjir chiziqning oʻz oʻqi atrofida aylanishidan hosil boʻladigan sirt. K. aylanish sirtlari ichida yagona minimal sirt. Tekisliklari markazlarini tutashtiruvchi toʻgʻri chiziqqa perpendikulyar boʻlgan ikki sim aylana sovun koʻpigiga botirib olinsa, bu aylanalar orasida hosil boʻlgan yupqa parda K. shaklini oladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil