Kateter (yun. katheter — nay) — nay shaklidagi tibbiy asbob; kovak tomirlar, nafas va siydik yoʻllari, limfa tomirlari va b.ga yuborib, ularni kateterlash uchun qoʻllaniladi. Yoʻgʻonligi har xil metall, rezina, sintetik K.bor. Turli maqsadda ishlatilishiga koʻra, qon tomir K.i (arterial, venoz, limfa yoʻllari), siydik hamda nafas yoʻli, shuningdek, bronx K.lari farq qilinadi. K.ni ishlatishdan oldin, albatta, maxsus usullar bilan zararsizlantiriladi (qarang Sterillash). K.dan koʻpgina davolash hamda tekshirish maqsadlarida foydalaniladi. Siydik yoʻlini kateterlash maxsus malaka talab etadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil