Katga artezian havzasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Katga artezian havzasi - Avstraliyaning eng yirik artezian havzasi. Dunyoda kattaligi jihatdan 2-oʻrinda. (Gʻarbiy Sibir havzasidan keyin). Mayd. 1736 ming km2. Karpentariya qoʻltigʻi sohilidan Darling daryosi oʻrta oqimigacha 2200 km, gʻarbdan sharqqa 1800 km ga choʻzilgan. Qad. kristalli zaminning bukilgan qismida joylashgan, bu yerda choʻkindi jinslarning qalinligi 2500 m gacha. Suv mezozoyning qum-toshli qatlamlarida uchraydi. Suvi koʻpincha minerallashgan, 2000 m gacha chuqurlikda yotadi. Eyr koʻli va uning atrofida (bu yerlar dengiz sathidan 12 m past) yer yuziga bulok, tarzida chiqqan. Chuqurlashgan sayin suvning temperaturasi har 32,5 m da G ga oshib boradi. Eng yuqori temperatura (110°) Kvinslend shtatidagi burgʻi qudugʻida qayd qilingan.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |