Kathy Acker (1947-yil 18-aprel[2] – 1997-yil 30-noyabr) amerikalik romannavis, dramaturg, va yozuvchi boʻlib, bolalikdagi travmaga bagʻishlangan oʻziga xos asarlari bilan tanilgan. Unga fransuz tanqidiy nazariyasi, tasavvuf, pornografiya[3], hamda klassik adabiyot katta taʼsir oʻtkazgan.

Kathy Acker

Acker, 1996-yil
Tavalludi 18-aprel 1947-yil [1]
Nyu York Shahri, Nyu York, AQSH
Vafoti 30-noyabr 1997-yil(1997-11-30)
(50 yoshda)
Tijuana, Baja Kaliforniya, Meksika
Fuqaroligi AQSh
Sohasi
  • Yozuvchi
  • dramaturg
  • shoira
Mashhur ishlari Blood and Guts in High School (roman)
Great Expectations
New York (qisqa hikoya)
Turmush oʻrtogʻi Robert Acker (1966–19??)
Peter Gordon (1976)

Biografiyasi

tahrir

Bolalik va yoshlik yillari

tahrir

Uning oilasi badavlat boʻlib, madaniy jihatdan kelib chiqishi nemis-yahudiy boʻlsa-da, dini yahudiy emas edi. Uning otasi tomonidan buvisi Florens Vayl avstriyalik yahudiy boʻlib, erining qoʻlqop tikish biznesidan kichik boylik meros qilib olgan[4]. Ackerning bobosi va buvisi Birinchi jahon urushi oldidan Elzas-Lotaringiyadan siyosiy surgun qilingan.

Taʼlimi

tahrir

Acker Upper East Sidedagi qizlar uchun xususiy maktab – Birch Wathen Lenox maktabida oʻqidi[5]. Brandeis universitetida klassikani oʻrgandi. 1966-yilda u Robert Ackerga turmushga chiqdi va uning familiyasini oldi. Robert Acker polsha-yahudiy muhojirlarining oʻgʻli edi. Uning onasi va oʻgay otasi oʻgʻlini badavlat insonga uylanishini xohlashgan edi va ularning nikohi uzoq davom etadi deb oʻylashmagan[6]. Kathy roman yozishga qiziqib qoladi va turmush oʻrtogʻi Robert bilan Kaliforniya universitetiga, San-Diegoga oʻqishga keladi, u yerda David Antin, Eleanor Antin va Jerome Rothenberg kabi ustozlardan tahsil oladi. U 1968-yilda bakalavr darajasini olgach, Nyu-Yorkka koʻchib oʻtadi. Nyu-York shahar kollejida yunon tiliga ixtisoslashgan klassika boʻyicha ikki yillik aspiranturada tahsil oladi, ammo aspirantura diplomini ololmadi. Nyu-Yorkdagi faoliyati davomida u kotib va porno ijrochi sifatida ishlagan[3].

Oxirgi yillari va vafoti

tahrir

1996-yil aprel oyida Ackerga ko'krak bezi saratoni tashxisi qoʻyildi. 1997-yil yanvar oyida u Guardian gazetasining „Kasallik sovgʻasi“ („The Gift of Disease“) maqolasida anʼanaviy tibbiyotga boʻlgan ishonchini yoʻqotganligi haqida yozgan[7]. Oradan bir yarim yil oʻtgach, Acker 1997-yil 30-noyabrda 50 yoshida Tijuana saraton klinikasida saraton kasalligining asoratlari tufayli vafot etdi[8]

Manbalar

tahrir
  1. „The Births and Deaths of Kathy Acker – Literary Hub“. lithub.com (2017-yil 30-noyabr). "In her own version of Charles Dickens’s Great Expectations, the narrator, as her Tarot cards—seen as „a psychic map of the present, therefore: the future“—are being read, refers to April 18 as her significator. The birth certificate, driver’s license, and passport of the author give 1947 as birth year, relates Acker’s literary executor, Matias Viegener. Library of Congress information lists 1948, a date her publisher Grove Press takes for a biographical note for a posthumous gathering. In My Mother: Demonology, one of Acker’s last novels published while the author still lived, her narrative strategies have become to redo "childhood, „ meaning within the work a set of returned-to memories, dreams, and also the pieces written when younger, the books loved rewritten. Here a narrator, if taken for a stand-in, changes her point of origin again, to something close but that does not exactly square, 'I was born on October 6, 1945.'“
  2. „Kathy Acker in the U.S., Public Records Index, 1950–1993, Volume 1“. search.ancestrylibrary.com.
  3. 3,0 3,1 „Guide to the Kathy Acker Notebooks, 1968–1974“. Fales Library and Special Collections. New York University. Qaraldi: 2017-yil 12-avgust.
  4. Turner, Jenny (October 18, 2017). "Literary Friction". London Review of Books 39 (20). https://www.lrb.co.uk/v39/n20/jenny-turner/literary-friction. Qaraldi: 2019-09-07. Kathy Acker]]
  5. „Kathy Acker's Art of Identity Theft“. The New Yorker (ingliz (Amerika)). 2022-11-28. Qaraldi: 2022-11-28.
  6. „Littoral Madness“. MayDay Rooms. 2020-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.
  7. Kathy Acker. „The gift of disease“ (1997-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 27-sentyabr.
  8. Kraus, Chris (August 11, 2017). 'Cancer Became My Whole Brain': Kathy Acker's Final Year“. The New Yorker.