Katmai — Aleut tizmasining shim. qismidagi harakatdagi vulkan. Alyaska yarim orolda. Bal. 2047 m. Andezit va datsitlardan tuzilgan. 1912-yil 6-iyunda portlash harakteridagi kuchli otilish roʻy bergan; krateri oʻrnida diametri 1,5 km, chuq. 1200 m boʻlgan koʻlli vulkan ogʻzi hosil boʻlgan. Soʻnggi marta 1921-yilda otilgan. Katmay milliy parki tarkibida. Yon bagʻrining pastki qismi igna bargli va mayda bargli oʻrmonlar, butazorlar, yuqori qismi tundra oʻsimliklari bilan qoplangan. Shim.-sharqiy yon bagʻrida muzliklar bor. Faunasi tarkibida alyaska qoʻngʻir ayigʻi; 150 turga mansub qushlar uchraydi. Turizm rivojlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil