Kavakinyo (portugalcha: cavaquinho, [kɐvɐˈkiɲu]), masheti — portugallarning kichik toʻrt torli cholgʻu asbobi. Kawako gitarasining kichik versiyasi. Portugaliya va Braziliyada keng tarqalgan.

Tarixi

tahrir

Kavakinyo XV asrda portugallar tomonidan Afrikaga, soʻngra Janubiy Amerikaga olib kelingan va bu yerda bu cholgʻu asbobini cuatro deb atashgan. XIX asr oʻrtalaridan Braziliyada keng tarqalib, asrning ikkinchi yarmida xuddi shu tarzda Havayi orollarida paydo boʻlgan. U bu yerda ukulele nomi bilan mashhur.

Turlari

tahrir

Portugalcha turi

tahrir

Portugaliya kavakinyosi boshqa barcha turlar paydo boʻlishiga asos boʻlgan. Bu turni boshqalaridan pardalari sonidan farqlash mumkin. Portugaliya kavakinyosida pardalar soni 12 ta, Braziliya namunasi va kavakoda 17 tadir.

Braziliya namunasi

tahrir

Braziliya Kavakinyosi Portugaliyanikidan bir oz kattaroq va 17 pardaga ega.

Kavako

tahrir

Kavako — bu Braziliya kavakinyosining oʻlcham jihatidan kichikroq namunasi, hajmi boʻyicha Portugaliyanikiga oʻxshash. Ammo, Braziliya namunasidagi kabi 17 pardadan iborat.[1]

Qurilishi

tahrir

Asosiy sozlamalar

tahrir
  • c g a d1 — portugalcha sozlash
  • d g b d1 — brazilcha sozlash

Boshqa sozlamalar

tahrir
  • d a b e1 — Istoricheskiy portugalskiy stroy
  • g g b d1
  • a a c e1
  • d g b e1 — Ispolzuemiy dlya igri solo v Brazilii[manba kerak].
  • g c1 e1 a1 — Stroy Ukulele. ʻKavakulele’ (Kavakinyu + Ukulele)[2]

Manbalar

tahrir
  1. Бразильцы (Wayback Machine saytida 2021-01-20 sanasida arxivlangan) // Большая российская энциклопедия. Том 4. — М., 2006. — С. 149—150.
  2. „The Brazilian phenomenom of Beirutando“. Sounds and Colours. 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-mart.

Adabiyotlar

tahrir
  • „Машети“, Музыкальные инструменты. Энциклопедия. М.: Дека-ВС, 2008 — 378-bet. 
  • Crook L. „Cavaquinho“, . Encyclopedia of Latin American Popular Music. ABC-CLIO, 2013 — 76—77-bet.