Kavatina (ital.) -1) 18-asrda opera va oratoriyada yakkaxon ijrosiga moʻljallangan qisqa lirik ashula. Shaklining oddiyligi va kuyning qoʻshiqsimonligi bilan ariyadan farq, qiladi (mas, A. Kozlovskiyning "Ulugʻbek" operasidagi Xitoy elchisi K.si); 2) 19-asrning 1-yarmida bosh rol ijrochisi — yakkaxonning sahnaga chiqish ariyasi (M. Glinkaning "Ruslan va Lyudmila" operasidagi Lyudmila K.si); 3) baʼzida shaklan kichik, kuychan cholgʻu pyesa.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil