Kaymanlar (Caiman) — alligatorlar oilasiga mansub sudralib yuruvchilar uchta urugʻining umumiy nomi. Alligatorlardan burun boʻshligʻida suyak toʻsqichining boʻlmasligi va suyakli kosasi (zirh)ning borligi bilan farq, qiladi. 5 turi Jan. va Markaziy Amerika suvlarida tarqalgan. Qora kayman eng yirigi, boʻyi 5 m keladi. Amazonka daryosi havzasida yashaydi. Urgochisi 30— 40 dona tuxum (uz. 9 sm cha) qoʻyadi. Asosan, baliq bilan oziqlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil