Kechirim — ayrim mamlakatlarda afv etishnnt xususiy shakli (xususiy afv); davlat boshligi tomonidan jinoiy jazoning bekor qilinishi yoki yumshatilishi. K. yakka tartibda muayyan shaxsga nisbatan qoʻllanadi. Jinoyat uchun mahkum etilgan shaxs K. aktiga (qonuniy hujjatiga) binoan jazoni bundan keyin oʻtashdan ozod qilinishi mumkin. K.da belgilangan jazo kamaytirilishi yoxud jazoning yumshoqroq turi bilan almashtirilishi ham nazarda tutiladi. K. akti bilan jazoni oʻtagan shaxsdan sudlanganlik bekor etilishi mumkin (yana Q. Amnistiya). [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil